Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

23. 
Hayotda yashang
 
 
Kino yulduzi Kevin Kostnerdan karyerasining qiyinchiliklari va muvaffaqqiyatlari 
haqida so’ralganda shunday deb javob beribdi: “Men hayotimda yashayapman”. Men bu 
javobni teran va ta’sirli fikr deb hisobladim. Sababi, ham yaxshi, ham yomon voqealar 
hodisalarni birma-bir tanqid qilib yurgandan ko’ra, u neytral munosabatga moslashdi. 
Ya’ni shunchaki hayotdagi voqealarni qanday bo’lsa, shunday qabul qildi. Sodir 
bo’layotgan barcha narsalarni o’zining hayot yo’lidagi tabiiy qismi deb hisobladi. Biz 
barchamiz oxirgi manzilimizga borish uchun turli yo’llardan ketamiz. Kimlardir uchun 
yo’llar boshqalarnikiga qaraganda qoyali, toshli tuyuladi. Lekin har bir inson so’nggi 
manzilga yetishish uchun qandaydir qiyinchilikka duch keladi. Shuning uchun qandaydir 
qiyinchiliklar bilan kurashgandan ko’ra, nega shunchaki ularni hayotingiz yo’li deb 
qaramaysiz? Nega o’zingizni qandaydir foydadan, natijadan ajratib olmaysiz va har 
qanday vaziyat hayotingizni to’ldirib berish uchun keladi deb hisoblamaysiz? Azobni his 
qiling va baxtdan lazzatlaning. Agar siz hech qachon vodiylarga bormagan bo’lsangiz, 
shuni bilinki, tog’ cho’qqisidagi manzara o’ylaganingizdek hayajonli emas. Unutmang, 
hayotda o’zidan o’zi omadsizliklar bo’lmaydi, faqatgina natija bo’ladi. Hech qanaqa 
tragediyalar ham yo’q. Faqat hayot darslari bor. Hayotda yana muammolar ham


26
bo’lmaydi, faqatgina imkoniyatlar aqlli inson tomonidan masalaning yechimiga
aylantirilishini kutib yotadi.
24. 
Yaxshi filmlardan saboq oling
 
 
Imkoniyatim bo’lgancha kinoga borishga harakat qilaman. Tez- tez kichik qizim
Biansa va o’g’lim Kolbi bilan kinoga borib turamiz. Popkornni g’archillatib yeyishdan 
va so’nggi premyerani qizdirayotgan qiziqarli filmdan zavqlanamiz. Biz doimo kinodan 
yuzimizda tabassum bilan va shu filmdagi yangi xarakterlarni o’zimiz uchun kashf qilib 
chiqamiz. Shu sababdan, hattoki gastrol safarlarida bo’lsam ham, kechga yaqin biror 
teatrga kirib yaxshi sahna asarini ko’rishga vaqt topaman. O’ylashimcha, filmlardan 
nafaqat dam olaman, balki ular meni o’zga olamga ketishimga xizmat qiladi. Hayot 
tuganmas imkoniyatlarni saqlab turgani haqida o’ylashimga undaydi. Fikrimcha, kinolar 
menda orzu uyg’otadi.
Yaqinda, Italiyancha “Hayot go’zal” nomli kinoni ko’rgandim. Men uni subtitiri bilan 
ko’rishimga qaramasdan, uch soat davomida jilmasdan, xuddi men kino emas aynan 
hozir bo’layotgan real voqealarni ko’rganday bo’ldim. Hikoyaning ko’pchilik qismi 
sevimli ota va uning o’g’li bilan munosabatlari haqida yoritilgan. Dastlab ular ikkalalari 
ajralmasdan yashashar, eng zo’r vaqtlarini birga o’tqazishardi. To’satdan, bir kuni
tushda, ularni uylaridan olib qochishib, poyezdga joylashtirishibdi. Filmning so’nggi 
qismlari otaning uzoq yo’l bosgani, qo’rqinchli ko’rguliklarida nafaqat og’lini tirik 
qoldirish uchun, balki uni baxtiyor qilish uchun ham harakat qilgani haqida boradi. 
Hattoki, ota film nihoyasida o’z hayotini qurbon qilishiga qaramasdan, “Hayot go’zal” – 
jon beribdi.. Mana shu kuchli eslatmadir. Mana shu yashash sovg’a ekanligini
hayotimizning har kunini eng baxtiyor kunlardan biriga aylantirish o’zimizning 
qo’limizda ekanligini eslatib turadi.
Yaxshi kino nuqtai nazaringizni qayta tiklaydi, o’zingiz ko’proq qadrlaydigan narsalar 
bilan sizni bog’laydi, hayotingizdagi barcha narsalar bilan zavq-shavq, ishtiyoq bilan 
qolishingizga imkoniyat yaratadi. Ralf Valdo Emerson aytganidek: “Hech bir narsa 
ishtiyoq bilan erishganchalik zo’r bo’lmaydi”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling