Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Muammolaringizni bir baxtdek ko’ring
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
19.
Muammolaringizni bir baxtdek ko’ring Hayot liderligi seminarlarimda, ishtirokchilardan tez-tez bir savolni so’rayman: “Biz hayotimizni eng qiyin tajribalarimizdan o’rganamiz degan fikrga kim qo’shiladi?”. Shubhasiz, xonadagi barcha qo’llar birin-ketinlikda ko’tariladi. Shunday ekan, men doimo bir narsadan hayratlanaman: biz - insonlar eng og’ir qiyinchiliklarimizning faqatgina salbiy tomonlarini ko’rishga odatlanganmiz. Zero, ularda ham ijobiy tomonlar bor, xususan, ular bizning hayot o’qituvchilarimizdir. Siz turli xil azoblarni,qiyinchiliklarni boshdan kechirmaguningizcha aqlli va dono bo’lolmaysiz. Bir marta va doimo shuni yodingizda saqlang: og’riq bu - o’qituvchi va muvaffaqqiyatsizlik muvaffaqqiyatning narvonidir. Siz gitarani bir ikki marotaba noto’g’ri notani chalmasdan o’rganolmaysiz. Bir necha marta qayiqda ag’darilib ketmaguningizcha kemada suzishni o’rganolmaysiz. Muammolaringizni baxt sifatida ko’rishni boshlang. Qiyin masalalaringizni hal qilsa bo’ladigan masalaga o’zgartiring. Yaralaringizni donolikka o’zgartirishga va’da bering. Boshqa ko’plab odamlarga o’xshab, men ham hayot yo’limda juda ko’p og’riqli vaziyatlarga duch kelganman. Shuni aytishim mumkinki insonning xarakteri nafaqat yengil, zavqli hayotdan o’zgaradi, balki u bergan qiyinchiliklardan ham o’zgaradi. Ana shunday vaqtlarda biz o’zimizni aslida kim ekanligimizni, bizning kuchimiz qay darajada ekanligini anglaymiz. Agar siz aynan hozir biror qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bo’lsangiz, Rainer Mariya Rilkening oltinga teng so’zlarini o’qishingizni taklif qilardim. Men ham bu so’zlarni hayot menga muammolarni yuborgan paytida o’qir edim. …..qalbingizda yechib bo’lmaydigan barcha narsalarga nisbatan sabrli bo’ling. Xuddi qulflangan xona va boshqa tilda yozilgan kitobni yaxshi ko’rgandek savollarning o’zini yaxshi ko’rishga harakat qiling. Javobni qidirmang. U sizga baribir ham berilmaydi. Sababi siz javoblar ichida yashamaysiz. Savollar esa hamma joyda bor. Shuning uchun aynan hozir, siz savollar ichida yashashingiz kerak. Balki keyinchalik o’zingiz bilmagan holda javoblarni topishingiz mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling