Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Vaqtingizni soatsiz o’tqazing


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

21. 
Vaqtingizni soatsiz o’tqazing
 
 
O’tgan kuzda, men bir necha yillardan beri qilayotgan bir narsani qildim: Soatimni 
uyda qoldirib, butun kunimni soatga qaramasdan o’tqazdim. Soatga hadeb qarayverish 
va o’sha kuni qilishim kerak bo’lgan narsalarni rejalashtirish o’rniga daqiqalarda 
shunchaki yashadim va nimani qilishni istasam qildim. Natijada, kamdan kam odamlar 
his qilayotgan tuyg’u – o’zimni haqiqiy inson sifatida his qilishni boshladim.
Ertalab saharda, eng sevimli mashg’ulotlarimdan biri – o’rmonda sayr qilishga
chiqdim. O’zim bilan sevib o’qishni boshlayotgan ijtimoiy faylasuf Genri Devid 
Toreauning Valden tomonidan ko’chirilgan eski bir nusxasini olgandim. O’tirib
o’qishga yaxshi va chiroyli manzarali joy topganimda, daqiqalar ketma – ketligi 
o’taverarkan aynan shu damda qandaydir bir mukammal ishni bajarishni istadim. Men


24
uchun bu, odatda, kitobni qo’limga olish va qarshimda turgan quyidagi misralarni
o’qish edi.
“Men o’rmonga borishni istadim. Sababi hayotim qanday ketayotganini tashqaridan 
kuzatgim keldi, hayotimning muhim haqiqatlari bilan yuzlashgim keldi, hayot menga 
nimani o’rgatdi-yu, ammo men nimalarni o’rganmaganimni, yoki aksini ko’rgim keldi. 
Shuni bildimki, o’limim yaqinlashsa, men hali aslida yashamagan bo’lar ekanman. Men 
asli hayot bo’lmagan hayotda (yolg’on hayot) yashashni istamayman. Yashashning o’zi 
qadrli. Lekin, hayotda taslim bo’lishni ham istamayman, toki bunga majbur 
bo’lmagunimcha. Men hayotda shunchalik berilib, yashashni istaymanki, hayot 
bo’lmagan - yolg’on narsalarni yanchib tashlashni xohlayman”.
Men buyuk shaxsning so’zlaridan ta’sirladim. Nazarimda, atrofimga uning so’zlari 
singishib ketganday tuyuldi. Kunimning oxirgi qismini kitob do’konida sarfladim. 
Bolalarim bilan qo’g’irchoq ertagini tomosha qildim. Oilam bilan o’zimizning 
ayvonchamizda o’tirib dam oldim, so’ngra o’zim sevgan musiqalardan tingladim. 
Hechnarsa qimmat emas. Hechnarsa murakkab ham emas. Lekin hamma narsa mutlaqo 
zavqli va huzurbaxsh edi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling