Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Arzirli narsalarga diqqatingizni qarating
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
26.
Arzirli narsalarga diqqatingizni qarating Bundan bir yilcha oldin FedEx dan posilka keldi. Uning ichida oltin muhrli, ustida mening ismim yozilgan xat bor edi. Uni tezda ochib, o’qiy boshladim. Xat mashhur korporatsiyaning direktoridan ekan. U Yevropadagi bizness mitingiga uchishidan oldin mening “Ferrarisini sotgan rohib dan dono Liderlik” nomli kitobimni olib ketgan ekan. Xatda u liderlikning abadiy talabasi ekanligi sababli, kitob sarlavhasi uni qiziqtirib qolgan va kitobni qo’ligan olgandan yuziga tabbassum yugurgan. U shunchalik ishida qiyin vaziyatda qolgan ediki, mana shu kitobdan o’zining samarali liderlik qobilyatini shakllantirib, bu orqali esa ham eng zarur bo’lgan ishlarga, ya’ni ham biznes ham shaxsiy dunyosiga vaqtida ko’proq vaqt ajratishni umid qilgan edi. Yana u xatida shunday deb yozgandi: “Men sizning hikoyangizdagi hayoti izmidan chiqib, chigallashib ketgan bir inson haqida o’qir ekanman, men o’zimda ko’p yillar oldin bo’lgan, ammo hozir unutib qo’yayotgan sohalarim bilan bog’lanishni boshladim. Men tashkilotimdagi odamlar menga yo’lboshchi va ruhlantiruvchi inson sifatida qarashini o’ylay boshladim. 5 yildan beri mehnat ta’tilini olishimni o’tinib so’rayotgan xotinim haqida o’ylay boshladim. Va 28 yana dadasining eng yaxshi yillarini kasbdagi muvaffaqqiyatli rivojlanishi bilan sarflayotganini tomosha qilayotgan uch bolam haqida o’yladim. Men o’zimni kuchli insonman den hisoblardim, biroq kitobingizni o’qishni davom etganim sari….men yig’lashni boshladim. Avvaliga jimgina, lekin keyinroq o’zimni tutolmaydigan darajada yig’lay boshladim. Shunchalik yig’ladimki, stuardessalardan biri yugurib kelib, muloyimlik bilan ahvolimni so’radi”. Direktor shunday deya davom etardi: “O’sha daqiqa men uchun meni uyg’otgan, ko’zimni ochgan chaqiriq bo’ldi. Bu shunday tajriba ediki, men uni o’limimgacha saqlab kelaman. Men boshqarayotgan yo’limni va yashash tarzimni jiddiy ravishda o’zgartirishim kerakligini tushundim. Shunday qilib, samalyotda, yerdan 35,000fut balandlikda, o’zimga o’zim endi meni chalg’ituvchi ko’plab keraksiz ishlarni bartaraf etishga va faqat hayotimni va ishimni o’zgartishga, yaxshilashga kuchi yetadigan ishlarga e’tiborimni qaratishga va’da berdim. Men kunida 6ta gazetalarni o’qishni bas qilishimga, har xil keraksiz xatlarni olmaslikka va har kechgi ovqatga taklifnomalarni qabul qilishni to’xtatishga va’da berdim. Hattoki, o’sha kitobdagi siz mos ravishda “Zarur narsalarga diqqatingizni qarating” deb nomlagan bo’limini eslatma tarzida stolim ustiga qo’yib qo’ydim. Unda aynan shunday so’zlari bor edi: “Hamma narsaga erishishni harakat qilayotgan inson oxirida hech narsaga erisholmaydi”. Men hozir sizga hayotim o’sha oddiy falsafadan foydalanganimdan beri qanchalik darajada yaxshi tomonga o’zgarganimni tasvirlab berolmayman. Tashakkur sizga!” Vaqt sizning eng qimmatbaho buyumingizdir. Shunga qaramasdan, ko’pchiligimiz bu dunyoda juda vaqtimiz ko’pdek yashaymiz. Hayotingizni nazoratga olishning siri – doimo diqqatingizni jamlab yurish, ogoh bo’lib yashashdir. Barcha vazifalarni bajarishning siri – qaysi ishlar qilinmay qolib ketganini bilishdir. Kunlaringizni faqat eng muhim va asosiy bo’lgan ishlarga vaqtingizni sarflaganingizdan, hayotingiz ma’nosi, mazmuni yaxshilanib boraveradi, hamma narsa o’zgaradi. Ko’plab buyuk faylasuflar ham shunga o’shash xulosalarni aytgan ekan. Dono Konfutsiy: “Ikkita quyonning ortidan yugurgan odam birortasiniyam ushlolmaydi” deganda, Rim faylasufi Markus Aurelius: “Hayoting sokin bo’lishni istasang, joylaring, vazifalaring kamroq bo’lishiga qo’yib ber”, deb aytgan ekan. Boshqaruvchi lavozimida ishlovchi Piter Druker boshqacha bir dono fikr bilan yuqoridagi fikrlarni to’ldirgan: “Bu yerda birorta foydasiz narsa yo’qki, barcha keraksiz ishlarni qilish shart bo’lmagandek bo’lsa”. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling