Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  “Morry bilan seshanba”ni o’qing


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

36. 
“Morry bilan seshanba”ni o’qing
 
“O’z ferrasini sotgan rohib” kitobi yuzasidan Amerikaga sayohatim vaqtida, men Denverda 
to’xtab
aeroportdagi kitob do’koniga kirib o’tdim. Oxirgi ommabop kitoblarni ko’zdan 
kechirayotganimda bir kichik kitob mening e’tiborimni tortdi. Uning nomi “Morry bilan 
seshanba, Keksa odam, yosh odam va hayotning buyuk darslari” deb nom olgan edi. Bu kitobni 
menga sayohatdagi o’n ikkidan ortiq kitob sotuvchilar tavsiya berishgan edi va shuning uchun 
sotib oldim. Vaholanki, bu men yozgan bir asarga ham juda o’xshardi.
Samolyot joyidan qo’zg’alganidan so’ng, bir necha daqiqa kitobga ko’z yugurtirib 
chiqib, so’ngra mizg’ib olaman deb o’ylagandim. Ammo bu bir necha daqiqa bir necha 
soatlarga aylanganini sezmay qolibman, yerga qo’ngan vaqtimiz men kitobning so’ngi 
varag’ini ko’zda yosh ila tugatdim. Asar bir inson haqida bo’lib, u Universitetdan 
ketgandan so’ng, o’z biznesini yuritadi va oradan vaqt o’tib o’zining yoqtirgan 
professorini topadi. Uning ismi Morry bo’lib, bu paytda uning hayotidagi so’ngi oylari 
edi. Har seshanba kuni, o’quvchi umri oxirlab borayotgan ustozi yoniga kelib, hayot 
saboqlarini o’rganib ketardi. O’zi esa hayotda juda boy va yaxshi yashar edi.
Haqiqiy hayotdan olingan bu ibratli kitobda, Morryning seshanba kundagi darslariga :
pushaymon bo’lmaslikni o’rganish, oilaning qadri, kechirimli bo’lish va o’limning 
mohiyati kabilar kiritilgandi. Uning bir shiori bor edi: “Qachon o’lishni o’rgansang, 
o’shanda qanday yashash kerakligini bilasan”.Bu jajjigina chiroyli kitob hayot qanchalar 
murakkab bo’lmasin sizga o’z yaxshiliklaringizni, hayotning oddiy lekin dono fikrlarini 
eslatib turadi.Men o’z bolalarimga qoldirayotgan merosimning bir qismi bu 
kutubxonamdagi meni ruhlantirgan va ilm bergan kitoblardir. “Morry bilan seshanba” 
ham bu kitoblar qatorida turadi. 


37

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling