Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Barcha narsani amalda qo’llang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

32. 
Barcha narsani amalda qo’llang
 
 
“Donolik bu - keyin nima qilish kerakligini bilish, mahorat - buni qanday qilishni 
bilishdir va fazilat esa uni bajarishdir”, deb aytgan ekan Devid Star Jordan. 
Ko’pchiligimiz nima qilsak baxtli, sog’lom, to’la-to’kis yashashimizni bilamiz. Ammo, 
eng katta muammo – bilganimizni amalda qo’llamaymiz. Ko’pgina ruhlantiruvchi 
so’zlarni eshitganman. Masalan, “Bilim - kuchdir”. Ammo, men bunga qo’shilmayman.


33
Bilim - kuch emas. Bilim faqatgina yashirin qobiliyat. Bu qachonki siz uni amalda
qo’llaganingizda haqiqiy kuchga aylanadi. 
Kuchli xarakter va fazilat egasining belgilari eng oson ishni tanlaganida yoki 
zavqlanish uchun bajariladigan ishlarni bajarishida ko’rilmaydi. Chuqur axloqli
insonning belgilari o’zi xohlagan ishni qilishdan ko’ra qilishi kerak bo’lgan vazifalarni 
bajarganda ko’rinadi. Yaxshi xarakter sohibi kunini tog’ri bo’lgan ishlarga sarflaydi. 
Charchoqli ishdan keyin uch soat televizor ko’rgandan ko’ra, divandan tushib bolalariga 
kitob o’qib berishga jasorat topa oladi. Qishning sovuq saharlarida ertalabgacha 
yotgandandan ko’ra, o’zi qo’ygan tartib-intizomga amal qilib, yotog’idan tushadi va 
yugurishga ketadi. Shunday qilib, harakatni bir odat deb olsak, qancha ko’p ijobiy 
faoliyatga odatlansangiz yana shuncha ko’p ularni bajargingiz kelaveradi.
Odatda, orzuimizdagi hayotni oldimizdan chiqib qolishini kutib utiramiz. Ammo,
o’sha hayot kutishimiz orqali emas uyg’onishimiz orqali vujudga kelishini unutib 
qo’yamiz. Orzu qilish zo’r. Biroq, faqat zo’r g’oyalarni o’ylashning o’zi biznesingizni 
boshlashingiz uchun kamlik qiladi. Qalbingizdan siz bo’lishingiz mumkin bo’lgan 
insonga o’zgaring. Tomas Karlilening so’zlariga ko’ra, “Insoniyatning oxiri harakat, o’y-
fikrlar emas”. Sal harakat qilish ham bekorchi o’y-fikrlarga berilishdan ko’ra yaxshiroq.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling