Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Unutma: ogohlik o’zgarishdan oldin keladi
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
35.
Unutma: ogohlik o’zgarishdan oldin keladi Kuchsiz tomoningni o’zing bu haqda bilmasdan turib hech qachon bartaraf eta olmaysan. Yomon xislatni yo’qotishning birinchi qadami bu - o’sha haqida ogoh bo’lishdir. Siz o’zgartirmoqchi bo’lgan xarakteringiz borasida xabardor bo’lib tursangiz, uning o’rniga sizga ko’proq yordam qiladigan boshqa xarakterni qo’yishingiz oson bo’ladi. Muallif sifatida, meni tez-tez televediniya va radio eshittirishlariga taklif qilishadilar. Mana shu ko’rsatuvlarda birinchi marta qatnashayotganimda, men o’zimni ancha tabiiy chiqish qildim deb o’ylagandim. Menga mezbonlar bilan uchrashish, ichki dunyoyim va kitoblarimdagi fikrlar bilan suhbat qurish menga zavq bag’ishlardi. Ammo, o’zimni 35 kassetada eshitish, o’zimni o’rganib chiqqanimda, o’zim xabarsiz qolgan bir narsani angladim: Men juda tez gapiribman. Haqiqattan ham ba’zida men shu qadar tez gapiramanki, xuddi bir uyum bo’lib kelayotgan fikrlarim qor ko’chkisidek yo’qolib qoladigandek, hamma fikrlarimni aytib qolishga harakat qilaman. Kamchiligimni bilganim bu uni yo’qotishning ilk qadami bo’ldi. Keyin sevimli kitob do’koniga borib, samarali aloqa qilish borasidagi 5ta kitob sotib oldim. Bundan tashqari, dunyoning eng mashhur notiqlarining audiokassetalaridan ham buyurtma berdim. Milli Notiqlar Assosatsiyasiga ham qo’shildim. Nihoyat, telefon simini qoqib, ommaviy-axborot shaxslariga qo’ng’iroq qilib tushlikka taklif qildim. Albatta, birortasi rad javobini berishmadi. Keyingi hafta davomida men o‘zimga televediniyaga chiqishda fikrlarimni to’liq, aniq ravshan bayon qilishni o’rgatib bordim. Yana shu narsani angladimki, o’z kamchiliklaridan ogoh bo’lish, bunga e’tibor qaratish, uni yechish uchun yechimlarni jalb qiladi. Masalan, men yaxshiroq muloqot qilayotganimni sekinlashtirish kerakligini bildim. Shunday qilib, keyingi hafta davomida bor e’tiboringizni kamchiliklaringizga qarating va ularni kuch-quvvatga o’zgartirishga va’da berib, hayotingizni boylik va energiya bilan to’ldiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling