Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Tashakkur xatini yozing
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
27.
Tashakkur xatini yozing Eng oson bajariladigan ishlar o’z o’rnida eng qiyin bajariladigan ishlar ham bo’lishi mumkin. Hayotimiz qanchalik odimlavergani sari, hayotning oddiy munosabat ta’siri kuchayaveradi. Ana shunday ta’sirlarning eng asosiysiga oxirida ko’plab ijobiy 29 natijalarni olib keladigan, ammo unutilib ketayotgan tashakkur xatini yozish san’atini kiritdim. Barchamiz xat olishni yoqtiramiz. Bu inson tabiatiga xos. Bizning barchamizda his qilish muhim bo’lgan chuqur ichki ehtiyojimiz bor. Masalan, men haqiqattan ham, mening kitoblarimni o’qigan, darslarimdan hayotlarini ijobiy tomonga o’zgartirishda foydalangan muxlislarimdan xatlar olishni juda ham yoqtiraman. Hechnarsa meni bir quti seminarlarimda qatnashib, ham ishida ham shaxsiy hayotida o’zgarishlar qilayotgan muxlislarimdan kelgan xatlarchalik hayajonga solmaydi. Boshqalardan xatlar olib, qanchalik baxtiyorligimni bilganim uchun, har bir xatga o’zimning minnatdorchiligimni bildirib javob xatlarini erinmasdan yozishga harakat qilaman. Hattoki, kunlik munosabatda bo’ladigan insonlarim – ma’ruzalarga chaqiradigan ma’muriyat, darslarimga qatnashadigan odamlar, intervyuga chaqirgan kino olami a’zolari va yangi imkoniyatlar bilan chaqirayotgan tadbirkorlarga chin qalbimdan yozilgan tashakkurnoma xati bilan ulashishga harakat qilaman. Albatta, bu vaqt oladi. Albatta, kun tartibimda bundan boshqa jiddiy ishlarim ko’p boladi. Lekin, shunday kichik bir harakatlar borki, ular munosabatlarni mustahkamlaydi. Shulardan biri, albatta, “rahmat – tashakkurnoma xati” dir. Shu oddiy narsa sizning e’tiboringizni, inson sifatida hurmat qilishingizni ko’rsatadi. Shunday ekan, ko’chaga chiqingda, tashakkurnoma yozishingiz uchun maxus konvertlar sotib oling-da, yozishni boshlang. Siz o’zingiz va siz bilan aloqada bo’lgan barcha insonlar qilgan ishingizdan bag’oyatda xursand bo’lishadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling