Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


Maymundek sakrayotgan xayolingizni davolang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

40.Maymundek sakrayotgan xayolingizni davolang
 
 
Hayotda doim eng yaxshisiga erishish uchun, har bir kun, har bir soat va har bir
daqiqada atrofimizda bo’layotgan narsalarni his qila olishimiz kerak. Albert Kamus 
yozganidek “Kelajakda siz rishadigan saxiylik, bu bugun siz nimalarni bera 
olishingizdir”. Ammo bugungi kunda ko’pchiligimizning xayolimiz bir vaqtning o’zida 
o’n ta joyda bo’la oladi. Ishga piyoda borayotganda hordiq olish o’rniga, xayolimizda 
hozir ofisga borganimizda boshliqdan qanaqa gap eshitar ekanman, tushlikka nima 
yesam ekan, yoki juda bo’lmasa farzandim maktabda qanday o’qiyotgan ekan deb bosh 
qotiramiz. Bizning xayolimiz shoshib-pishib yurgan kuchukchalarga o’xshaydi yoki 
Sharqda aytilganidek, u joydan bu joyga tinmasdan sakraydigan maymunlarga 
qiyoslanadi.
Aqlni jamlash va atrofdan boxabar bo’lish nafaqat hayotingizda tinchlikni his qilishga 
yordam beradi, balki xayolingizni juda ko’p narsalar bilan band bo’lishini oldini oladi.


40
Qachonki ko’p narsalar etiboringizni tortganda, miyangizning kuchi aynan bir
yo’nalishga lazer nurlari kabi taralmay, ko’p nuqtalarga bo’linib ketadi. Buni tajriba 
qilganingizn\dan keyin siz bugungi kuningizga ko’proq e’tiborli bo’lib, mahoratingizni 
qisqa vaqt ichida oshirasiz.
Bu maymunday sakrab yurgan xayolingizni yo’lga solishni yana bir yo’lini men “ 
Diqqat markazida o’qish” deb atayman. Kundalik orzulardan yoki xavotirlanishlardan 
miyangiz tentirab qolgan har bir daqiqada o’ng qo’lingiz bilan betning hoshiyasini 
belgilab qo’ying. Bu oddiy harakat sizda qanchalik fikringizni jamlashingizni oshiradi
va bu xabardorlik o’zgarishning birinchi qadami bo’lib, o’zingizda hosil qilmoqchi 
bo’lgan shaffof va sokin xayolni yaratishda yordam beradi.
41.To’g’ri so’rashni o’rganing
 
“Kimdir 5 daqiqaga axmoqqa aylaning deb so’rasa, buni bajara olasiz, ammo, butun
umringiz davomida bunday bo’la olmaysiz” – deya Xitoy maqollarining birida 
keltirilgan. Bu maqol meni o’yga toldirdi. Bir klassik soha bo’yicha bir narsa o’qib 
qolgandim :“ Shanba kuniga dorixonadagi jigarrang paltoli chiroyli ayolga (ko’cha nomi 
keltirilgan) 28-noyabr soat 4da. Men sizga magazinlar qatorida bexosdan urilib ketgan 
edim. Men siz bilan yana ko’rishib, suhbat qurishni istayman”. Bu maqolani 
joylashtirgan odam telefon raqamini qoldirdi. Balki u o’z orzusidagi ayolni uchratishi 
mumkin edi, ammo bu nasib qilmadi. Uning maqolasiga javob kelmaganidan keyin, u 
ayolni topish uchun bu maqolani gazetaga joylashtirdi.
Qancha ko’p so’rasangiz shuncha ko’piga ega bo’lasiz.Ammo yaxshi so’ray olish 
mahoratiga ega bo’lish uchun ham tajriba kerak bo’ladi.Muvaffaqqiyat bu raqamli
o’yin. Buddist donolari aytganidek “ Ho’kizga borib urilgan har bir o’q, 100ta nishonga 
tegmay qolgan o’qlar natijasida vujudga keladi”. Kelgusi haftalarda o’z so’zlashingiz 
bilan yaxshi natijalarga erishish uchun, masalan, siz yoqtirgan restorandan joy buyurtma
qilish uchun, mahalliy muzqaymoq do’konidan ikkinchi muzqaymoqni tekinga olish
uchun yoki keyingi aviachiptangizni olayotganda chegirmalarga erishish uchun samarali 
mehnat qilshingiz talab etiladi. Bu mahoratga erishganingizdan so’ng, siz mulozamatli 
javob berishingiz orqali hayotingizdagi o’zgarishlardan hayratda qolasiz. Shuni yodda 
tutingki, Kimki o’zi xohlagan narsa haqida bemalol so’ray olar ekan, u hech 
bo’lmaganda o’zi xohlaganiga erishadi. Xohishidagi narsani so’ray olmagan inson hech 
narsaga erisha olmaydi. Men so’ray bilish haqida o’qigan kitoblarim orasidan eng 
yaxshilardan biri bu “ Aladin factor” deb nomlanib u mening do’stim va nutqdoshim 
Mark Viktor Hansen va taniqli o’zini hurmat qilish bo’yicha ekspert Jek Kanfeld 
tomonidan yozilgan. Tajribali fikrlar va usullarga boy bo’lgan bu kitobga Somerset 
Maughamning ilhomlantiruvchi ibratli so’zlari ham kiritilgan bo’lib ulardan


41
biri “ Hayot haqidagi bir kulguli narsa bu kim eng yaxshi narsani o’ziga qabul qilish
fikridan qaytsa, u doim shu narsani olaveradi”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling