Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

42.Asl mohiyatni izlang
 
Men yoqtirgan jurnallardan biri “Fast Company” bo’lib , u yangi ish dunyosiga bo’lgan 
insonlar qarashi bilan taminlaydi. Xeroks PARC da Jon Sely Brovn aytgan fikr meni 
haqiqatdan o’yga toldirdi, “ Bugungi kunda rahbarlarning ishi pul topish emas, balki 
mohiyatni ko’ra olishdir”.
Avvallari, biz ish haqi to’langani uchun ishimizdan to’laqonli mamnun edik. Lekin 
hozir, biz ishimizdan ko’p narsa talab qilmoqdamiz. Biz doim bizni qanoatlandiradigan 
holat bo’lishini, ijodiy mahorat, o’sish, zavqlanish va o’zimizdan ko’p narsa uchun 
yashashimizni his qilishni xohlaymiz. Bir so’z bilan aytganda, biz hayotdan ma’no 
izlaymiz. O’z ishimizdan eng kerakli narsani izlash yo’llaridan biri bu o’z – o’zimizga 
atrofimizdagi holatlarga bog’liq savollarni berishdir. Masalan, kompaniya taklif
qiladigan servis va mahsulotlardan kim ko’proq manfaatdor? Mening kompaniyam 
bajarayotgan xizmatlarning farqlari nima? Kunlik harakatlarim qilayotgan ishlarning 
farqlari nima? Bir marta shunday qilib ko’rsangiz, siz o’z qilayotgan ishingiz va 
gapirayotgan gapingiz o’rtasidagi aloqaga etibor berishni boshlaysiz.
Misol uchun, siz o’qituvchi bo’lsangiz, butun bir tashvishli narsalarni xayolingizdan 
chiqarib, sinfga kirayotganingizda doimo yoshlar ongini shakllantiruvchi asosiy inson 
ekaningizni eslang. Zeroki barcha bolalar, ota-onalar sizga ishonishadi. Agar siz 
moliyaviy maslahatchi bo’lsangiz, siz o’z yaxshi xizmatingiz orqali bir insonni ertaroq 
nafaqaga chiqishiga ko’mak berishingizni, odamlar doim orzularida o’zi xohlagan 
uylarini qurishga yordam bera olishingizni eslang. Agar siz sug’urta markazida faoliyat 
yuritsangiz, odamlarni xavfsizlik bilan taminlashni, umumiy hisobda aytganda siz 
qilayotgan ishingi orqali qanchadan-qancha odamlarni og’irini yengil qila olishingizni 
o’ylab ko’ring.
Sizning kasbingizning darajasi, siz qanchalik darajada unga hissa qo’shganingiz bilan 
baholanadi. Va siz bular orqali kichik darajada bo’lsa ham o’z salohiyatingiz va 
darajangizdagi o’sishni ko’rasiz. Ozgina narsalar ham inson ruhiy holatini boshqa 
hayotda yashash orzusidan ko’p ilhomlantira oladi. Mahatma Gandi buni bilardi. Nelson 
Mandela ham buni bilardi. Ona Tereza ham bilardi. Agar bu so’zlarim orqali sizning 
hayotingizga yangi o’zgarishlar olib kela olsam, men xursand bo’laman.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling