Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Qobiliyatlaringizni rivojlantiring
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
44.Qobiliyatlaringizni rivojlantiring
Norman Kouzinlar shunday yozishgan ekan “ O’lim hayotdagi fojia emas, balki tirik bo’la turib , ichki dunyoyimizning o’lishiga qo’yib berishimizdir”. Xuddi shu kabi fikrni Ashley Montagu ham ta’kidlagan “ Insonlarning eng katta xatosi bu nimadir qilmoqchi bo’lib bajarmaslik va bajarish o’rtasidagi farqdir”. Bundan xulosa qiladigan bo’lsak, oddiy yashab o’tish bilan haqiqiy yashashning farqi bor. Kimdir o’z hayotini saqlab qolib yashashi bilan kuch va matonat ila yashashning ham farqi bor. Odamlar hayotidagi achinarli narsalardan biri bu o’zlariga berilgan qobiliyatni anglab yetmay turib, hayotidagi ko’p yillarini televizor yonida tikilib o’tkizishlaridir. Men o’z nutqlarimda ko’pincha qadimiy hind mifologiyasini qo’llayman. Ming yillar oldin, yerda kim yura olsa, u xudo deb hisoblangan. Lekin insoniyatga berilgan imkoniyatlardan juda ko’p foydalanib, suiste’mol qilganidan so’ng, Oliy Xudo insoniyatga berilgan imkoniyatni tortib oladi va buni yashirib qo’ymoqchi bo’ladi. U maslahatchilaridan qayerga yashirsak bo’ladi deb so’raganda birinchi maslahatchi uni eng chuqur yerga ko’mib qo’yamiz deb aytadi.Oliy Xudo esa “kun kelib, kimdir eng chuqur yerni kavlab olib topadi” – deydi. Ikkinchi maslahatchi “biz uni okean tubiga qo’yishimiz kerak” – deydi. Bu gapga ham “kimdir o’sha chuqurlikka suzib borib uni topadi” –deydi. Uchinchi maslahatchi “nega biz uni tog’ning eng yuqori nuqtasiga qo’ymaymiz” deb fikr yuritdi. Xudo unga “kimdir uyoqqa ham chiqib olishi mumkin”- deb javob qaytaradi.Vanihoyat Oliy Xudo yechim topadi “ biz uni yerdagi jamiki aholi 44 bo’lgan erkaku ayol va bolalarning qalbiga joylashtiramiz. U yerdan kuchni izlash kerakligi hech kimsaning xayoliga kelmaydi” – deydi. Shimoliy Amerikadagi men bilan ish beradigan barcha tashkilotlarda men bir xil narsani ko’raman: juda ko’p insonlar o’zlaridagi kuchli tomonga etibor qaratishdan ko’ra, kuchsiz tomonlariga ko’proq e’tibor qaratishadi.Ular o’zlarining nozik taraflari bilan mashg’ul bo’lib, o’z qobiliyatlarini etiborsiz qoldirishadi. Bizdan oldin yashab o’tgan donishmandlarda muvaffaqqiyatga erishishning oddiy usuli bo’lgan: ular o’zlarini yaxshi bilishgan. Ular o’z vaqtlarini boshqalardan ajralib turadigan xususiyatlarini yanada yuksaltirishga ajratishgan. Chunki bu jihatlari ularni yagona qilib tanitishgan. Bilamizki, har birimizda u daho bo’la oladigan holatga olib chiquvchi qobiliyatimiz bor. Balki siz hozirgacha o’zingizdagi noyob xususiyatni topmagandirsiz , ammo, shuni unutmangki, sizda boshqalarda bo’lmagan noyob qobiliyat ko’ksingiz tubida yotibdi. Siz o’zingizdagi qobiliyatdan to’laligicha foydalanyapsizmi? Agar unday bo’lmasa, o’zingizni o’rganib chiqing, siz dunyoning bir bo’lagisiz, siz o’zingizda bor qobiliyatni topib undan foydalangan holda yutuqlarga erishishinigiz mumkin. Ruskin shunday degan ekan “Eng kichik deb hisoblansa ham har birimizda o’ziga xoslik bo’lib biz ular orqali doimo o’z o’rnimizni topamiz”. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling