Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Maqsadga erishish uchun jiddiy kirishing
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
48.Maqsadga erishish uchun jiddiy kirishing
Ko’plab boshlovchilar va mualliflar maqsadga erishish uchun ruhlantirishadi lekin hech qachon “ Maqsadingni qog’ozga yozgan payting mo’jiza paydo bo’ladi”- degan fikrni nega kuchli mazmunga ega ekanligini tushuntirishmagan. Mening fikrimcha, aniq maqsadga erishish hayotimiz davomida uch sababga ko’ra ishlaydi. Birinchidan, bu bizning o’z dunyoyimizdagi hislarimizni jamlab qayta tiklaydi, dunyo esa har xil turdagi g’oyalar bilan murakkablashib ketgan. Biz yashayotgan zamonda istalgan paytda ko’p narsani birdan bajara olish qiyin. Diqqatingizni qaratsangiz, xayolingizda bo’ladigan fikrlar bir-biri bilan bahslasha boshlaydi. Maqsadlarimiz xohishlarimizni aniqlashtiradi, shu bilan birga, biz nima istaganimizni aniqlashdagi harakatlarimizni markazlashtirishga yordam beradi. G’oyalarni aniqlashtirib olish sizni bir doiraga tushirib, aqlli qarorlar qabul qilishingiz va ishlashingizga yordam beradi. Agar siz qayerga borayotganingizni aniq bilsangiz, bu siz tanlamoqchi bo’lgan ishlarga erishishda qiyinchilik tug’dirmaydi. O’z 47 maqsadlaringizni yozib qo’yish niyatlaringizni belgilab beradi( birinchi qadam bu yozilgan narsani ko’rganda eslash) . Roman yozuvchi Saul Bellov kuzatishlarga ko’ra “ Aniq reja qiyin tanlovlarni ham yengillashtiradi” –degan fikrni ko’rishimiz mumkin. Yoki muallif sifatida Glenn Bland yozganidek “Maqsadlar va rejalar hayotingizda xavotirlarga o’rin qoldirmaydi”. Agar rejalaringizni amalga oshirsangiz barcha harakatlaringiz kunlik kayfiyatga emas, hayotingizdagi vazifalaringizga asoslanadi. Maqsadga erishish ishlaridagi ikkinchi sabab o’z imkoniyatlariningizni sezgir holatda saqlab turishingizdir. Tartib intizom sizning aqlingizni yangi imkoniyatlardan foydalanishga jalb qiladi, bu imkoniyatlar siz orzu qilgan shaxsiy, professional va ilohiy hayotni yaratishini nazorat qilishi kerak. Va uchinchi sabab, aniqlangan rejalarni bajarishdagi harakatlar mosligi. Ular sizga ishlaringizda ilhom bag’ishlab, siz u kelarmikin deb kutib o’tirmaganingiz , erishish yo’lida harakatlaringiz tufayli tezroq sodir bo’la boshlaydi. Maqsadlarni tanlab olish bu motivatsiya bo’lib, shaxsiy hayotingizdagi kengashtirish ishlarini olib borishda va kunlar davomida energiyangizni oshirishda tirgak bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham maqsad qo’ya oling. Siz orzularingiz kabi hayolan, fikrlaringiz jo’shqinligi uchun ham boydirsiz. Reklama dahosi Devid Ogilvy yozganidek “ Ikkilanmang. Maqsadingizni aniq qo’ying. Hech qachon tugamaydigan narsalarni maqsad qiling”. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling