Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Jismoniy tarbiyaga ahamiyat bering
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
15.
Jismoniy tarbiyaga ahamiyat bering Bir necha oy oldin, bahs-munozara o’tkazadigan bir kasbdoshim bilan tushlikni birga qilgandik. O’shanda biz band ish-jarayonimizda diqqatimizni bir joyga jamlaydigan, muvozanatda ushlaydigan narsalar haqida so’z yuritdik. Sherigim bir fikrni aytib qoldi: “Robin, - dedi u,- ko’pgina insonlar muntazam ravishda xayollarini bir joyga jamlashlari uchun cherkovga yoki ibodatxonaga borishadi. Men bunday paytlarda boshqacharoq yo’l tutaman. Men gimnastika zaliga boraman va bu mening ibodatxonamdir”. U gaplariga qo’shimcha qilib, u qanchalik band bo’lmasin, har kuni soat kechki 5:30 da ofisini yopib, “kunlik ibodatini”, ya’ni bir necha millarga yugurib mashq bajarishini aytdi. Uning sog’lomligini va baxtiyorligini ta’minlab turadigan bu vaqtda uni hech nima to’xtatib qololmas ekan. Do’stimning mulohazasi qadimgi Rimliklarning bir maqolini esimga keltirib yubordi. Uni men birinchi – “Megaliving” deb nomlangan kitobimga keltirgan edim. Maqol lotin tilida “mens sana in corpora sano” deb aytilar va “sog’lom tanada sog’lom miya dam oladi” deb tarjima qilinar edi. Buni o’ylash jarayonida yana bir narsani angladim: bizning tanamiz ham ibodat qilish jarayonidek alohida e’tiborga va muolaja qilishga muhtoj. Agar biz hayotimizda to’la - to’kis sog’lom yashashni umid qilsak, tanamizni xuddi ilohiy narsadek asrashimiz kerak ekan. Doimiy mashqlar nafaqat sog’ligingizni yaxshilaydi, balki yana ham aniqroq fikrlashingizga yordam qiladi. Yaratuvchanligingizni rivojlantiradi, kuningizni egallab olgan stressni boshqarishingizga imkon yaratadi. Bundan tashqari, tatqiqotlardan ma’lumki, badantarbiya bilan shug’ullanish nafaqat hayotingizga yillar qo’shadi, balki yillaringizga hayot bag’ishlaydi. Garvardning 18,000 ta bitiruvchilaridan olingan tatqiqotlarning birida shu narsa tasdiqlangan: badantarbiya bilan shug’ullanishga sarflagan har bir soat, ishtirokchilarga 3 soatdan umr bag’ishlar ekan. Unutmang: “Kimki vaqtini badantarbiya bilan shug’ullanishga sarflamas ekan, bir kun kelib kasalligini davolash uchun vaqt sarflashi kerak bo’ladi”. O’zimga keladigan bo’lsak, haftada besh marotaba suzish mashqi bilan shug’ullanishni maqsad qilib qo’yganman. Suzish sizga qanaqadir yangilanish kuchini taqdim qiladi. Men buni qanday tasvirlashni bilmayman. Men shu maqsadni (haftasiga 5 marta suzish) har bir haftada bajarishni orzu qilardim. Ammo, ba’zida qila olmayman. Shunga qaramasdan, shunday katta maqsadim mening sog’lom bo’lishim, o’zimning umumiy holatim va yaxshi yashashimda muhim ahamiyat kasb etishini eslatib turadi. Ba’zi bir suzishdagi kamchiliklarni hisobga olmaganda, har suzganimda men doimo bir xil natijani ko’raman: men o’zimni energiyaga to’la, muloyim, baxtiyor va bir muvozanatda turgandek his qilaman. Mashg’ulotlarim yana men bebaho deb hisoblaydigan o’zgacha dunyoqarashni taqdim qiladi. Qirq daqiqalik suzishdan so’ng, 19 men bartaraf etishga urinayotgan muammolarim kichkinadek tuyuladi, xavotirlarim arzimasdek ko’rinadi. Shu sababdan o’sha paytda ko’nglim xotirjam holatda bo’ladi. “Jismoniy ibodat” mashg’uloti bilan shug’ullanish menga doimo bir narsani eslatadi: hayotning eng buyuk - katta zavqlanishi bu uning eng oddiy narsalaridadir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling