Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


 Omma oldida nutq so’zlang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

87. Omma oldida nutq so’zlang 
 
Men notiq sifatida rahbarlik, shaxsiy samaradorlik va hayotni yaxshilashga 
ixtisoslashgan professional ma'ruzachi sifatida Brein Trasi, taniqli motivatsion 
ma'ruzachi, professor Jon Koter, mashhur aktyor Kristofer Reve va musiqa yulduzi 
Jevel kabi taniqli shaxslar singari dunyodagi eng yaxshi ekspertlarga ega bo'lgan 
dasturlarda paydo bo'lish sharafiga egaman. Men yiliga yetmish beshta yirik 
anjumanlarda asosiy rolni o’ynayman va Shimoliy Amerika, Karib dengizi va Osiyoda 
katta auditoriyalar nutq so’zlayman. Biroq, hayotimdagi eng katta qo'rquv, omma oldida 
gapirishim ekanligidan juda kam kishi xabardor.
Maktabda o’qib yurgan kezlarim, muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqib odamlar oldida 
gapirishdan qochganman. Agar men o'qituvchim menga sinfda og'zaki ma'ruza qilishni 
yoki muayyan mavzuda gapirishni iltimos qilsalar, men doimo uzr so'rab rad javobini 
berardim, mening qo’rquvim doim o’zimga bo’lgan ishonchga salbiy ta’sir qilgan va


71
ko’p ishlar qilishimga to’sqinlik qilgan. Ammo qalbimdan bajara olishimga ishonardim. 
Men Deyl Karnegi tashkilotidan ommaviy nutq kursiga bormaguncha shu ahvolda 
yuraverdim. Ilk qatnashgan nutq kurslarimdanoq o’zim uchun yangi dunyoni kashf 
qildim.
Men qo'rquvim borasida yolg'iz emasligimni angladim. Ko’pchilik uchun katta omma 
oldida nutq so’zlash hatto o’limdan ham battar ekan. Katta bir guruh bilan
suhbatlashish, o’zingizni chetga olib, faqat o’z doirangizda yashashingizdan saqlaydi. 
Biroq, ikki narsa omma oldida nutq so'zlashdan qo’rqishingizning oldini olishi mumkin 
(boshqa qo'rquvlardan ham): tayyorgarlik va amaliyot. Siz guruhlar oldida nutq so'zlash 
uchun tayyorgarlik ko'ring va guruh oldida mashq qilish uchun muntazam forumlar 
taklif qiladigan ommaviy nutq kurslarini toping, tez orada siz qo'rquvingizni
boshqarasiz va oxir-oqibat uni egallaysiz.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling