Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bolish
Jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik
Download 23.98 Kb.
|
1 2
Bog'liqHAYVONLARGA NISBATAN SHAVQATSIZ MUNOSABATDA BOLISH
Jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik jonivorlarga zoʻravonlik qilish, jonivorlarga beparvolik deb ham ataladi, bu beparvolik (eʼtiborsizlik) odamlar tomonidan odam boʻlmagan jonivorlarga azob berish yoki zarar yetkazishni anglatadi. Toʻgʻrirogʻi, oʻyin-kulgi, muayyan yutuq uchun hayvonlarni oʻldirish kabi holatlar uchraydi; hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik baʼzan zoosadizm deb taʼriflangan sababsiz va joʻrttaga jonivorlarga ozor berishni anglatuvchi atamani ham oʻz ichiga oladi.
Jonivorlarga nisbatan shafqatsizlikka oid qonunlarga turlicha yondashuvlar dunyoning turli yurisdiksiyalarida uchraydi. Masalan, baʼzi mamlakatlarda hayvonlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki boshqa mahsulotlar olish uchun oʻldirish usullari qonunlashtiriladi, boshqalarida esa jonivorlarni oʻyin-kulgi, taʼlim, tadqiqot uchun yoki uy hayvonlari sifatida saqlash koʻzda tutiladi. Jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish masalasiga bir qancha konseptual yondashuvlar mavjud. Garchi jonivorlarga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlish nuqtai nazaridan baʼzi amaliyotlar shafqatsiz deb eʼtirof etilgan boʻlsada, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik oʻzi nima ekanligi toʻgʻrisida turli xalqlar va madaniyatlar bir xil taʼrifga ega emas. Masalan, bir guruh odamlar choʻchqaning dumini anesteziyasiz tugib qoʻyish (tail docking) shafqatsizlikning bir koʻrinishi deya daʼvo qilsa, boshqalar bu choʻchqaning hayotida keyinchalik sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zararlanish holatining oldini olish uchun yoʻlga qoʻyilgan goʻsht ishlab chiqarish sanoatining odatiy usuli deb hisoblashadi. Bundan tashqari, jonivorlarga nisbatan shafqatsizlikni tartibga soluvchi qonunlar har bir millatda farq qiladi. Masalan, yuqoridagi amaliyot Qoʻshma Shtatlarda odatiy jarayon sanalsa, Yevropa Ittifoqida muntazam amaliyotning bir qismi sifatida choʻchqaning dumini qoʻyish tugib qoʻyish[1]. Aytib oʻtish mumkinki, hayvonlardan oziq-ovqat, kiyim-kechak olish, o'yin-kulgi va tadqiqotlar oʻtkazish kabi insoniy maqsadlarda foydalanishning hech qanday yomon tomoni yoʻq, lekin bu keraksiz ogʻriq va azob-uqubatlarni minimallashtiradigan tarzda amalga oshirilishi kerak, shundaguna buni „insoniylik“ deb atash mumkin[1]. Utilitar advokatlar xarajat va foyda nuqtai nazaridan bahslashadilar va jonivorlarga ruxsat etilgan muomala toʻgʻrisida ularning xulosalari bir-birinikidan farq qiladi. Baʼzi utilitarlar hayvonlarning farovonligi pozitsiyasiga yaqinroq boʻlgan zaifroq yondashuvni, boshqalari esa jonivorlar huquqlariga oʻxshash pozitsiyani taʼkidlaydilar. Jonivorlar huquqlari nazariyotchilari bu pozitsiyalarni tanqid qilib, „keraksiz“ va „insoniy“ soʻzlari oʻta xilma-xil talqinlarga olib kelishini, shuningdek, hayvonlar oʻzgarmas huquqlarga ega ekanliklarini taʼkidlaydilar. Ularning taʼkidlashicha, jonivorlardan turli maqsadlarda foydalanishning oʻzi keraksiz amaliyot boʻlib, azob-uqubatlarga sabab boʻladi. Shuning uchun hayvonlarni himoya qilishning yagona yoʻli ularning mulkiy maqomiga chek qoʻyish hamda ularga hech qachon modda yoki jonsiz mavjudot sifatida qaralmasligini taʼminlashdir. Oʻtgan tarixiy davr davomida baʼzi odamlar, masalan, Leonardo da Vinchi (bir vaqtlar u ozod qilish maqsadida qafas qushlarini sotib olgan kabilar insonlar tomonidan amalga oshiriladigan jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik holatlaridan xavotirda edilar. Da Vinchi, shuningdek, oʻzining qaydlarida odamlar soʻyish uchun hayvonlarni yetishtirishda oʻz ustunligidan foydalanishidan gʻazabdaligini qayd etadi[4]. Zamonaviy faylasuf Nayjel Uorburtonning soʻzlariga koʻra, tarixining koʻplab davrlarida hayvonlar odamlar ularga nisbatan istaganlaricha munosabatda boʻlishlari uchun yaratilgan degan qarash ustunlik qilib kelgan[2]. Bir nechta diniy anʼanalar, xususan, Hindistonda paydo boʻlganlarida hayvonlarning farovonligini muhim yoki asosiy tushunchalardan biri ekanligi targʻib qilingan, hatto veganizm gʻoyasi ilgari surilishigacha yetib borgan. Bunga buddizm, jaynizm va hinduizmning baʼzi shakllarini misol qilib keltirish mumkin. Rene Dekart inson sanalmagan „narsa“larning barini avtomatlar, yaʼni ruh, aql va tushunchaga ega boʻlmagan murakkab mashinalar deb hisoblardi[5]. Dekart dualizmida ong barcha jonzotlar orasida faqat insonga xos boʻlgan va ilohiy inoyat hamda jismoniy materiya bilan bogʻlangan degan gʻoya ilgari suriladi. Biroq yaqinda oʻtkazilgan tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, baʼzi hayvonlarda murakkab ishoralardan, usullardan foydalanish va oʻz-oʻzini anglash kabi koʻplab insoniy xususiyatlar mavjud[6]. Charlz Darvin evolyutsiya nazariyasini taqdim etib, odamlarning boshqa turlar bilan munosabatlarini koʻrib chiqish maʼnosida inqilob qildi. Uning fikricha, odamlar nafaqat boshqa jonivorlar bilan bevosita qarindoshlik aloqasiga ega, balki ular (jonivorlar)ning ham oʻz ijtimoiy, aqliy va axloqiy hayoti mavjud. Keyinchalik "Odamning kelib chiqishi" (1871) asarida u shunday yozgan edi: „Odam va oliy sutemizuvchilar oʻrtasidagi aqliy qobiliyatlarda tubdan farq qiladigan jihatlar yoʻq“[7]. Piter Singer va Tom Regan kabi zamonaviy faylasuflar va ziyolilar jonivorlarning odamlar kabi ogʻriqni his qilish xususiyati ularning farovonligini teng ravishda eʼtiborga olish kerakligini isbotlashini taʼkidlaydilar[8]. Ushbu tafakkur poyezdining koʻplab prekursorlari mavjud. Utilitarizm asoschisi Jeremi Bentam oʻzining "Axloq va qonunchilik tamoyillariga kirish" (1789-yil) asarida ushbu mashhur iqtibosni keltirgan[9]: Savol ular fikr yurita olishlari yoki so'zlasha olishlari haqida emas. Ular azob cheka oladilarmi? Ushbu dalillar baʼzilarni jonivorlarning farovonligi nafaqat inson farovonligiga taʼsiri orqali bilvosita emas, balki bevosita ijtimoiy farovonlik funksiyasiga kirishi kerakligini taklif qilishga undaydi[10]. Koʻpgina mamlakatlar jonivorlarning sezgirligi va ularda ham azoblanish hisi mavjudligini rasman tan oldilar va bunga javoban ularga nisbatan shafqatsizlikning oldini olishga qaratilgan qonunlarni qabul qildilar. Jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishni ikkita asosiy toifaga ajratish mumkin: faol va passiv. Jonivorlarga nisbatan passiv shafqatsizlik ular uchun zarur shart sharoitlarni taʼminlash masalasida eʼtiborsizlik holatlari bilan tavsiflanadi, bunda shafqatsizlik harakatning oʻzi emas, balki harakatning yetishmasligidir. Koʻpincha jonivorlarga nisbatan yoʻl qoʻyilgan passiv shafqatsizlik tasodifiy hodisa boʻlib, loqaydlik yoki eʼtiborsizlik ortidan kelib chiqadi. Shafqatsizlik eʼtiborsizlik tufayli sodir boʻlgan deb hisoblangan koʻp holatlarda tergovchi uy hayvonlari egasiga jonivorlarga munosabat meʼyorlari haqida tushunchalar berib, keyin vaziyatni qayta koʻrib chiqishga harakat qilishi mumkin. Keyinchalik sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar jonivorni veterinariya parvarishi uchun olib qoʻyishni talab qilishga sabab boʻla oladi[11]. Download 23.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling