HaywanlardíŃ nerv sistemasí,minez-qulqlarí HÁm nerv tiplerin tekserw. AlíNǴn nátiyjeler analizi. I. Kirisiw
Download 78.63 Kb.
|
HAYWANLARDÍŃ NERV SISTEMASÍ
Sezgi organlarini tekshirish.
Sezgi organlariga (analizatorlarga)- Ko'rish. Eshitish. Hid bilish. Ta'm bilish kiradi. Ko'rish organlarini tekshirish. Ko'rish organlarini ko'rish usuli bilan tekshirilganida:- qovoqlar holatiga, kon’yunktiva shilliq pardalariga, ko'z olmasiga va uning holatiga, harakatchanligiga, ko'z shox pardasi ning tiniqligiga, ko'z o'rtasiga, qorachiq holatiga va ko'rish nerviga e’tibor beriladi hamda ko'rish quvati tekshiri-ladi. Ana shu ko'rsatkichlarning quyidagi patologik o'zgarishlari mavjud: Qovoqning patologik o'zgarishlari: 1. Qovoq infiltratsiyasi- mexanik jarohatda, meningitda, yirik shox-li hayvonlar zararli kotaral isitmasida, itlar o'latida (chuma), parrandalar difteriyasida kuzatiladi. 2. Yuqori qovoqning tushishi (ptoz) qovoqning ko'taradigan nerv tolasi falajida kuzatiladi. 3. Pastki qovoqning tushishi- botulizmning (ya’ni ozuqa va sabzavot-lardan zaharlanish) ertangi belgilaridan biridir. 4. Ko'z, ya’ni kiprik qoqish hususiyatining yo'qolishi- qoqsholda (stolb-nyak) kuzatiladi. Ko'z olmasi patologiyasiga ko'yidagilar: 1. Ko'z olmasining qavarib chiqishi (ekzoftalm) leykozda va oq mushak kasalligida kuzatiladi. 2. Ko'z olmasining botiqligi- oriqlikda, dispepsiyada, eksikozda. 3. Ko'z g'ilayligi (alisligi)- ko'zni harakatlantiruvchi pereferik nerv tolasi kasallanganda. 4. Ko'z olmasining tebranishi (nistagm). Miyacha kasallanganida. Ko'z qorachigi o'zgarishlariga quyidagilar kiradi: 1. Qorachig' torayishi (miozis)- miya qopqog'i ichki bosimi ortganida, miyada qon quyilishida (insult), miya o'smasida, oglumda (miya qorinchalari istiskosi). 2. Qorachig' kengayishi (midriazis), o'ta qo'zg'alishda, meningitda, tsenu-rozda. Ko'z shoxsimon moddasi o'zgarishlariga 1. Shoxsimon pardaning notiqligi- ximiyaviy moddalar ta'sirida, YShX zararli qatoral isitmasida, hamda teyleriozda, itlar o'latida, ot-larning kontagioz plevropnevmoniyada, parrandalarning neytrolimfomato-zida kuzatiladi. Ko'z osti ichki qismlarini tekshirishda oftolmaskop asbobidan foy-dalaniladi. Ko'z ostki qismi kasalliklariga. 1. Ko'z to'rsimon qavatining yallig'lanishi yoki notiniqligi tsenurozda, meningitda, miya o'smasida. 2. Ko'rish nervi atrofiyasi- asosan miya o'smasida namoyon bo'ladi. Ko'rish quvatini tekshirish. Buning uchun hayvonni alohida navbatma-navbat bittadan ko'zini choy-shab orqali bog'lab, to'siqdan o'tkaziladi. Agar hayvonni ko'rish quvvati su-saygan bo'lsa to'siqqa tekkanida oyog'ini juda yuqori ko'taradi. Ko'rishning susayishiga- ombliopiya deyiladi, ko'rmaslikka (ko'rlikka-ojislikka) amavrozis deyiladi. 2.Eshitish organini tekshirish. Bunda hayvonga tonish ovoz chiqarib, quloq harakati va holatiga e’ti-bor beriladi. Shuningdek tovush qabul qilishiga, quloq suprasi va eshitish yo'llarining bekilmaganligi tekshiriladi. Quyidagi o'zgarishlar bo'lishi mumkin: 1. Eshitishning susayishi- qarri hayvonlarda va eshilishi yo'llarida girkdan probka hosil bo'lganida. 2. Eshitishning yo'qolishi- ichki quloq uzunchoq miya va bosh miya po'stlo-g'ining yonoq qismi kasallanganida kuzatiladi. 3. Hid bilish organini tekshirish. Ozuqaga o'tkir hidli moddalar nashatir, spirti, aralashtirish bilan aniqlanadi. Hid bilish susayishini ayniqsa rinitda entsefalitda kuzatila-di, ya’ni markaziy va pereferik bo'ladi. 4. Ta'm bilish organlarini tekshirish. Tekshirish maqsadida oziqaga tuz, qalampir aralashtirib hayvon reak-tsiyasi kuzatiladi va baho beriladi. O'zgarish markaziy va pereferik bo'ladi- entseralit va sitomatitda. 3. Sezuvchanlik sferasi- doirasini tekshirish. Sezuvchanlikni tekshirish muhim klinik ahamiyatga ega. Bunda o'tkazuv-chanlik yoshida ishtrok etadigan retseptor (teri) markazga intiluvchi nerv tolasi, markaz, markazdan qochuvchi nerv tolasi, hamda ishchi organ ishi yoki sezuvchanligiga baxo beriladi. Demak sezuvchanlikni aniqlash bilan bosh miya va orqa miya faoliyatiga, retseptorlar holatiga baxo beriladi. Veterinariya amaliyotida sezuvchanlikni 2 xil tekshiriladi. 1 Terini-ng yuza sezuvchanligi. 2. Muskul, paylar, tog'aylar, bo'g'imlarning chuqur sezuv-chanligi. Terinig yuza sezuvchanligi o'z navbatida 3 ga bo'linadi. Taktil sezuvchanlik. Og'riqli sezuvchanlik. Haroratni sezuvchanlik. 1. Taktil sezuvchanlikni aniqlash uchun teri yuzasidan ingichka tayoqcha-ni (predmet) teqizar- tekizmas harakatlantiramiz. Bu holatda terining muayyan qismi silkinadi. Quyidagi o'zgarishlari bor. 1. Tastipkesteziya-taktil sezuvchanligini ortishi, 2 tastgipkestiziya- taktil sezuvchanligini susayishi, tastanesteziya- taktil sezuvchanlikni yo'qolishi. 2. Og'riqli sezuvchanlikni aniqlash uchun hayvon ko'zi tushmaydigan teri yuzasini nina orqali sanchamiz. Bunda hayvon o'zini olib qochib, oyog'i va dumini ko'taradi. Quyidagi o'zgarishlar bor. 1. Giperalgeziya- og'riqni sezuv-chanlikni oshishi. 2. Gioalgeziya- og'riqni sezuvchanligini susayishi. 3. Analgeziya- og'riqni sezuvchanligi yo'qolishi. 3. Harakatni sezuvchanligini aniqlash uchun idishga muz yoki issiq suv qo'yib, hayvon terisiga teqiziladi. Hayvon issiq yoki sovuqni sezib, tanasi-ni olib qochadi. Quyidagi o'zgarishlar bor. Termogiperesteziya- harakat se-zuvchanligini oshishi, termogipoesteziya- susayishi, termoanespiziya- yo'qoli-shi. Demak barcha 3 xil sezuvchanlikni kamayishi-susayishi-giposteziya oshishi giperesteziya, yo'qolishi anesteziyadir. 2. Chuqur sezuvchanlikni tekshirish. Bunda bo'g'inlar, paylar tog'aylar, sezuvchanligi aniqlanadi. Buning uchun hayvonga nokuloy holat hosil qilinadi, misol uchun oldingi oyoqlari krest qo'yiladi. Agar oldingi holatiga tez kelsa, demak chuqur sezuvchanlik norma hisoblanadi. Download 78.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling