Hazm sistemasining yuqori bo‘limi,og‘iz bo‘shlig‘i


Download 477.06 Kb.
bet2/5
Sana24.01.2023
Hajmi477.06 Kb.
#1117866
1   2   3   4   5
Bog'liq
hazm sistemasing yuqori qismi Inomxo‘jayev A 205 a

tanglay

  • Tanglay — burun va ogʻiz boʻshligʻini bir-biridan ajratib turadigan anatomik tuzilma. Kattiq va yumshoq Tanglay boʻladi. Qattiq Tanglay yuqori jagʻ suyagining tanglay oʻsigʻi bilan tanglay suyagi kundalang plastinkalarining birikuvidan vujudga keladi. Yumshoq Tanglay shilliq parda bilan qoplangan muskullardan iborat. Yumshoq T.ning orqa uchida oʻsiqcha— tilcha bor. Yumshoq Tanglay yon tomonlarida ravoqlar hosil qilib, til va halqum bilan birlashadi. Ravoqlar orasida har iyusi tomonda (uchburchak shaklida) murtak boʻshligʻi boʻlib, unda tanglay murtagi joylashgan. Qattiq va yumshoq Tanglay shilliq qavati ostida mayda soʻlak bezlari, shilliq qavatida esa qon tomirlari va nervlar bor.
  • Tanglay kasalliklari tugʻma va orttirilgan boʻladi. Yumshoq yoki qattiq Tanglayning tugʻma nuqsoni koʻp uchraydi. Bu embrional rivojlanish davri (homila)da tanglay oʻsiqlarining oʻzaro yoki yumshoq tanglayning muskulli tuzilmasi bilan jipslashmay qolishidan yuzaga keladi. Buni "boʻri tanglay" deyiladi. Tanglayning orttirilgan kasalliklariga uning shikastlanishi yoki kasallikdan zararlanishi, yalligʻlanishi (mas., stomatit), xavfli va xavfsiz oʻsmalar va boshqa kiradi.

Tishlar

  • Tish — odam va koʻpchilik jagʻogʻizli umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻi (baʼzi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida Tish epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil boʻladi. Homiladorlikning 5haftasidayoq homilada Tish shakllana boshlaydi.
  • Tishlar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorini hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16 ta Tish: 4 ta kesuvchi, 2 ta qoziq, 4 ta kichik jagʻ va 6 ta katta jagʻ Tish joylashgan. Yuqori va pastki Tish qatorlari maʼlum munosabatda jipslashadi. Odatda, sut va doimiy Tishlar boʻladi. Sut Tishlar doimiy Tishlar shakliga oʻxshash, lekin kichik va ildizi birmuncha kaltaroq; ular emizikli yoshda yorib chiqadi va doimiy Tishlar bilan almashguncha, yaʼni 12— 13 yoshgacha turadi. Bolalar Tishining shakllanishida ayolning homiladorlik davrida sifatli ovqatlanishi va bolalarni toʻgʻri ovqatlantirish (qarang Goʻdak) muhim ahamiyatga ega.

Download 477.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling