Hermann Hesse. Soyalar o’yini t me/e kutubxona Hermann Hesse soyalar o‘yini
Download 76.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Soyalar o’yini [@e kutubxona]
Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona Agnes xonim dam olish kunlari muntazam cherkovga borar, toat- ibodatdan so‘ng gadoylarga sadaqa ulashardi. SHu kuni u qishloqdagi kambag‘al, beva-bechora xotin-xalaj holidan ham xabar olar, ularga poyafzallar in’om qilar, bichish-tikish ishlarida yordamlashar, nabiralarining sochlarini tarab qo‘yar va ketayotib shu zayl kulbalarda Xudoning suygan bandasi yanglig‘, aziz-avliyo kabi o‘zidan yoqimli taassurotlar qoldirardi. YAshirib nima qildik, go‘zal Agnes xonimga barcha erkaklarning ham ko‘ngli sust ketardi. Kimki agar o‘ziga yoqsa va belgilangan vaqtda kelsa, unga nainki qo‘lini o‘pishga, balki aqiq lablaridan qaynoq bo‘sa olishiga ham izn berardi, qaysiki yigitning qaddi-qomati kelishgan, omadi chopgan bo‘lsa, tunda sezdirmay oyimchaning oldiga deraza oshib tushishga ham haddi sig‘ardi. Buni hamma, hatto baron ham bilardi, biroq go‘zal ayol parvoyi palak, bokira qizlarga xos iboli nigoh-la o‘z yo‘lida davom etar, ko‘rinishdan uni hech qanday erkak zoti yo‘ldan ozdira olishga qodir emasdek tuyulardi go‘yo. Goho yo‘lida nogoh yangi ma’shuq paydo bo‘lar, xuddi erishib bo‘lmaydigan go‘zallik yanglig‘ ehtiyotkorlik bilan ko‘nglini ovlar, uni o‘ziga maftun eta olganidan mas’ud g‘ururga to‘lib, boshqa erkaklar oldida o‘zida yo‘q shodlanardi. Ayol yashaydigan uy ma’yus, g‘amgin, g‘ira-shira xiyobonning bir chekkasida joylashgan, xuddi o‘rmon ertagi kabi tanho bu makon hamisha yam-yashil bo‘lib o‘sadigan atirgul bilan qoplangan edi. U bu uyga bamisoli yozda tong mahal ochilgan qirmizi atirgulday yashnab kirib-chiqarkan, bolalarga xos yuz-ko‘zlaridagi sof go‘zallik yanada tiniqroq jilva qilar, chambar qilib o‘rilgan sochlari har qadamda tovlanib, ko‘zlarni quvnatardi. Qari-qartang, beva-bechora xotinlar uning qo‘llarini o‘pib, duo qilishar, erkaklar bo‘lsa quyuq salomlashib, ketidan jilmayib qarab qolishar, bolalar uning ortidan chopib, tilanchilik qilishar, u esa mehribonlik bilan ularning yuzlarini siypardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling