Hermann Hesse. Soyalar o’yini t me/e kutubxona Hermann Hesse soyalar o‘yini
Download 76.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Soyalar o’yini [@e kutubxona]
Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona sonli quvnoq ahli-a’yonlaridan, oq rangli gondolalar-u kamgap, kamsuqum shoirni hisobga olmaganda, deyarli hech qanday nom- nishon qolmagandi. Qasr sohibi o‘sha baxtsizlik sodir bo‘lgan paytdan beri binoning orqa tomonida yashardi. Bu erda qadimgi rimliklar zamonidan qolgan yolg‘iz, ulkan minora torgina hovliga soya tashlab turar, devor qorayib, nam tortgan, derazalar past va ensiz, serko‘lanka, rutubatli hovli keksa zarang daraxtlari, azim teraklar va qoraqayinlar o‘sib yotgan qorong‘i xiyobonga tutashib ketgandi. SHoir kungay tarafda, sokin tanholikda osoyishta umr kechirardi. U qasr oshxonasida tamaddi qilar, baronni ba’zan bir necha kun davomida ham ko‘rmas edi. – Biz bu qasrda xuddi soyalardek umrguzaronlik qilamiz, – dedi shoir bir kuni uni ko‘rgani kelgan yoshlikdagi do‘stiga. Do‘sti esa o‘lik chiqqan uydek befayz, yoqimsiz bu xonadonda arang bir kun turib, jo‘nab ketdi. Floribert bir mahallar baronessaning ulfat-jo‘ralari uchun masallar to‘qigan va oshiqona qofiyalar bitgan, biroq bu quvnoq xonadonga ko‘z tegib, putur etgach, endi hech kimga kerak bo‘lmay qolgandi, shunday bo‘lsa-da, undagi kamtarona qalb, kamsuqum ko‘ngil dunyo kezib, tirikchilik ko‘chalarida sarson-sargardon tentirashdan ko‘ra mana shu g‘amgin, fayzsiz saroydagi tinchgina yolg‘izlikni afzal deb bilardi. U anchadan beri she’r ham yozmay qo‘ygan. Daryo bo‘ylab kunbotish tarafdan shamol esgan paytlar, sarg‘aygan qamishzorlar orasidan ko‘zga tashlanayotgan olis ko‘kish tog‘lar tizmasi hamda bulutlar karvonini ko‘zdan kechirgan va kechalari qadimiy xiyobondagi keksa, daroz daraxtlar allasini tinglagan chog‘larida u beixtiyor uzun she’rlar to‘qir, biroq ularda hech qanaqangi so‘z bo‘lmas va hech qachon qog‘ozga ham tushirolmas edi. Ana shunday she’rlardan biri “Tangri nafasi” deb atalib, janubning iliq shamoli haqida so‘ylardi, yana boshqasining nomi esa “Ruhiy dalda” deb atalgan va rang-barang ko‘klam chechaklariga bag‘ishlangan edi. Afsuski, Floribert bu ash’orlarni na |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling