Hermann Hesse. Soyalar o’yini t me/e kutubxona Hermann Hesse soyalar o‘yini


Download 76.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi76.34 Kb.
#1535288
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soyalar o’yini [@e kutubxona]

Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona
bo‘lsa… Baronning g‘azabdan ko‘zlari yondi, bir tutam soqolini
yamlab, tishlarini g‘ijirlatdi.
Bo‘lib o‘tgan bu voqealardan, saroyda yuzaga kelgan xavf-xatardan
butunlay bexabar shoir Floribert esa tinch-osoyishta hayot
kechirishda davom etardi. To‘g‘ri, unga mehmon janoblarining goho
jig‘iga tegib, qiynashlari yoqmasdi, lekin u bunaqangi narsalarga
ilgaritdan ko‘nikib qolgan edi. SHoir mehmonga iloji boricha
ko‘rinmaslikka harakat qilar, butun kun bo‘yi qishloqda yoki Rayn
daryosi bo‘yida – baliqchilar huzurida bo‘lar, oqshomlarni esa
xushbo‘y harorat og‘ushida betizgin xayollar surish bilan o‘tkazardi.
Bir kuni ertalab turib qarasa, saroy hovlisi devoridagi
choygul(atirgulning bir turi – tarj.)ning ilk g‘unchalari ochila
boshlabdi. U so‘nggi uch yildan buyon har yoz faslida kanda qilmay
ana shu noyob atirgul ochildi deguncha, undan guldasta yasab,
Agnes xonimning uyi ostonasiga bildirmay qo‘yib kelardi. Mana endi
bu yil ham to‘rtinchi bor ushbu kamtarona nomsiz salomdan xonim
xursand bo‘ladigan bo‘ldi-da…
Xuddi shu kuni tush payti azim qoraqayinlar o‘sib yotgan o‘rmon
ichida mehmon baron va go‘zal ayol bir-biri bilan uchrashishdi. Baron
ma’shuqasidan kecha va undan oldingi kuni kech oqshom qaerda
bo‘lganini so‘rab-surishtirib o‘tirmadi. Ayolning xotirjam, beozor kulib
turgan ko‘zlariga qattiq tikilarkan, unga po‘pisa ohangida dedi:
– Bugun kechqurun qorong‘i tushgach, oldingga kelmoqchiman.
Derazangni ochib qo‘y!
– Bugun emas, – dedi ayol mayin ovozda, – yo‘q, bugun emas.
– Men shuni xohlayman, seni qara-yu.


Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona
– Boshqa safar, maylimi? Faqat bugun emas, ilojim yo‘q.
– Bugun oqshom kelaman dedimmi, gap tamom. Bugun oqshom yoki
boshqa hech qachon, bilganingni qil.
Ayol indamadi, ortiga burildi-da, ketdi.
Kech bo‘lishi bilan baron daryo yoqasiga kelib, qorong‘i tushishini
kutdi. Sohilda qayiq ko‘rinmadi. SHundan so‘ng u mahbubasining
uyiga yaqinlashdi, butazor orasiga yashirinib, kesma miltig‘ini tizzasi
ustiga qo‘ydi.
Atrof sukunatga cho‘mgan, havo issiq. Oq gulli xushbo‘y o‘simlik –
yasminning muattar hidi dimoqqa uradi, osmonda muallaq suzib
yurgan bulutlar orasidan yulduzlar xira miltirab ko‘rinadi. Xiyobon
ichida qandaydir qush dam-badam mahzun sayraydi.
Hammayoq qorong‘ilik chodiriga burkandi. SHu payt uy burchagida
nogoh soya ko‘rindi, kimdir oyoq uchida asta yurib kela boshladi.
Boshidagi shlyapasini peshonasigacha tushirib olgan, nega bunday
qildiykin, axir o‘zi shundog‘am qop-qorong‘i, bunga hojat yo‘q edi-ku.
O‘ng qo‘lida guldasta ko‘tarvolgan, oq atirgullar xira yiltirardi.
Poyloqchi hushyor tortib, miltiq tepkisini ko‘tardi.
Noma’lum kishi to‘xtab, hadiksiraganday yuqoriga qaradi. Uyning
hech qaerida chiroq ko‘rinmasdi. So‘ng u eshikka yaqin bordi-da,
engashdi va temir tutqichni o‘pib qo‘ydi.



Download 76.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling