Hermann Hesse. Soyalar o’yini t me/e kutubxona Hermann Hesse soyalar o‘yini
Download 76.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Soyalar o’yini [@e kutubxona]
Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona o‘qiy va na kuylay olardi, chunki ular so‘zsiz edi, biroq muttasil xayolan o‘ylar, ayniqsa, kech kirishi bilan ularni chuqur his eta boshlardi. Qolgan paytlarda esa uning kunlari ko‘pincha qishloqda o‘tar, u erda sarg‘ish-oq sariq sochli bolachalar bilan o‘ynab-kulishar yo bo‘lmasam yosh ayollar yoki bokira qizlar oldida ularni xuddi saroy xonimlariga o‘xshatib, boshidan shlyapasini olar, ta’zim qilib, ko‘pchilikni kuldirardi. Agnes xonim, ha, go‘zal Agnes xonim, sohibjamol, mashhur Agnes xonim uchragan kunlar esa uning uchun eng baxtiyor damlar hisoblanardi. Unga duch kelib qolsa bormi, ta’zim bajo aylab, quyuq salom berar, go‘zal ayol esa alik olib, uning xomush va parishon yuz-ko‘zlariga birrov nazar tashlab, jilmayganicha yonidan bamisoli quyosh nuriday “lip” etib o‘tib ketardi. Agnes xonim bir paytlar kavaler (oshiq, xushtor – tarj.) baronlarga qarashli bo‘lgan, o‘t bosib, qarovsiz yotgan qasr xiyoboniga tutash uyda yolg‘iz o‘zi yashardi. Uning otasi o‘rmonchi bo‘lgan va bu uyni unga ma’lum bir xizmatlari evaziga hozirgi xo‘jayinning padari buzrukvori hadya etgan edi. Juda erta erga tegib, turmushi buzilib, yosh beva sifatida uyga qaytgach, otasining vafotidan so‘ng u bir cho‘ri xotin va ko‘zi ojiz xolasi bilan birga ana shu huvillagan uyda istiqomat qilardi. Agnes xonim odmi bo‘lsa-da, biroq har doim yangi, nafis rangli, chiroyli ko‘ylaklar kiyib yurguchi edi. YUz-ko‘zlari ham xuddi qizlarnikidek hamon yosh va go‘zal ko‘rinar, to‘q jigarrang patila sochlari ilonday to‘lg‘anib, ketvorgan qaddi-qomatiga o‘zgacha husn bag‘ishlardi. Baron uni o‘z xotini isnodga qoldirib, tashlab ketmasidan burun zimdan yaxshi ko‘rar, mana endi u sohibjamol ishqida otash bo‘lib yonardi. Ertalab uni o‘rmonda uchratdi-yu, tinchi yo‘qoldi, kech tushishi bilan qo‘yarda-qo‘ymay qayiqqa o‘tqazib, o‘zi bilan to‘qayzordagi qamish kapaga olib ketdi. Nihoyat, erta oqarayotgan dag‘al soch-soqol do‘ndiq chehraga suykalib, ovchiga xos qattiq va berahm qo‘llar nozik-nafis barmoqlar bilan o‘ynashdi… |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling