Hermann Hesse. Soyalar o’yini t me/e kutubxona Hermann Hesse soyalar o‘yini
Download 76.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Soyalar o’yini [@e kutubxona]
Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona – Hoy, menga qara, nega sen bunaqasan-a? – so‘rardi baron ba’zan, unga qahrli ko‘zlari bilan tahdid qilib. – Men bilan ishing nima? – derdi ayol unga hayronlik bilan boqib, to‘q jigarrang sochlarini o‘rishda davom etarkan. SHoir Floribert uni hammadan ortiq sevardi. Unga ko‘zi tushdi deguncha, yuragi potirlab ura boshlardi. Agar uning haqida biron yomon gap eshitgudek bo‘lsa, birdan ma’yus bo‘lib qolar, bosh chayqab, ishongisi kelmasdi. Bolalar uni tilga olishganda, xuddi qo‘shiq tinglayotgandek ochilib, yayrab ketardi. Uning xayolot olamidagi eng go‘zal o‘y, his-tuyg‘ular faqat Agnes xonimga tegishli bo‘lardi. Bunda u sevgan va unga go‘zal tuyulgan barcha narsalar, Mag‘rib shamolidan tortib, olis moviy kengliklar-u yarqiragan ko‘klam chechaklarigacha, barcha-barchasi madad berar, hammasi bir bo‘lib, bolalarga xos besamar hayotining butun sog‘inchlari-yu bema’ni dilkashliklarini mana shu birgina suratga jo etardi. YOz endigina boshlangan kezlar edi. Uzoq davom etgan jimjitlikdan so‘ng, nihoyat, bir kuni oqshom jonsiz qasrga bir ozgina yangi hayot nafasi kirib keldi. Quloqlarni qomatga keltirib gorn ovozi yangragach, hovlida hashamatli arava jarang-juring qilib to‘xtadi. Qasr sohibining tug‘ishgan akasi xos xizmatkori bilan mehmon bo‘lib kelgandi. Echki soqolli, askariy ko‘zlari g‘azabnok chaqnab turadigan, kelishgan, barvasta bo‘yli bu odam har kuni Rayn daryosida suzar, shunchaki ermak, ko‘ngilxushlik uchun kumushrang baliqchi qushlar – chaykalarga qaratib o‘q uzar, shaharga otda sayr qilib, u erdan kayfi oshib, mast holda qaytardi. Uyga kelgach, beozor shoirni mazax qilib, jig‘iga tegar, kechayu kunduz shovqin solib, ukasi bilan surishgani- surishgan edi. Uni qil, buni qil, u yoq-bu yog‘ingni tuzatib, yaxshiroq yashasang-chi, deya unga o‘zicha ming xil “maslahatlar” berardi. Albatta, unga gapirish oson, chunki o‘zi badavlat xonadonga kuyov bo‘lib, boyib ketgan, ukasi – qasr egasi esa kambag‘al edi, buning ustiga umri ko‘pincha dardu hasrat, g‘am-alam bilan o‘tgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling