Hermann Hesse. Soyalar o’yini t me/e kutubxona Hermann Hesse soyalar o‘yini


Download 76.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi76.34 Kb.
#1535288
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soyalar o’yini [@e kutubxona]

Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona
Xuddi shu lahzada gumburlab o‘q ovozi yangradi, u to xiyobon
ichkarisiga qadar aks-sado berdi. Qo‘lida atirgul tutgan kishi
bexosdan tizzalab, shag‘al ustiga chalqanchasiga quladi, yotgan
joyida xiyol tipirchilab, so‘ng qimirlamay qoldi.
Mergan yashiringan joyidan jilmay, bir oz kutdi, hech zog‘ ko‘rinmadi.
CHor-atrofga yana sukunat cho‘mdi. U yoq-bu yoqqa alanglab, asta
erda yotgan kimsaga yaqinlashdi, uning shlyapasi sal nariga uchib
tushgandi. Egilib qaragan edi, shoir Floribertni tanib qoldi.
– Eh, buni qara, ana xolos! – ixrab yubordi u beixtiyor.
CHoygullar har tomonga sochilib ketgan, bir dona atirgul
marhumning qoniga bulg‘anib yotardi. Qishloq tomonda qo‘ng‘iroq
bong chaldi. Osmonni oqish bulutlar to‘dasi qopladi. Qasrdagi
bahaybat minora go‘yo tik turib uyquga ketgan daroz pahlavonday
ko‘kka bo‘y cho‘zib turar, Rayn daryosi asta mavj urib, doimiy
qo‘shig‘ini kuylardi. Qop-qora xiyobon ichidagi yolg‘iz qush esa to tun
yarmidan oqqunga qadar tinmay sayrab chiqdi.
Nemis tilidan Mirzaali Akbarov tarjimasi
Manba: “YOshlik”, 2014 yil 2-son

Download 76.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling