Hermann Hesse. Soyalar o’yini t me/e kutubxona Hermann Hesse soyalar o‘yini
Download 76.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Soyalar o’yini [@e kutubxona]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hermann Hesse.Soyalar o’yini t.me/e_kutubxona
Hermann Hesse.Soyalar o’yini
t.me/e_kutubxona bo‘lsa… Baronning g‘azabdan ko‘zlari yondi, bir tutam soqolini yamlab, tishlarini g‘ijirlatdi. Bo‘lib o‘tgan bu voqealardan, saroyda yuzaga kelgan xavf-xatardan butunlay bexabar shoir Floribert esa tinch-osoyishta hayot kechirishda davom etardi. To‘g‘ri, unga mehmon janoblarining goho jig‘iga tegib, qiynashlari yoqmasdi, lekin u bunaqangi narsalarga ilgaritdan ko‘nikib qolgan edi. SHoir mehmonga iloji boricha ko‘rinmaslikka harakat qilar, butun kun bo‘yi qishloqda yoki Rayn daryosi bo‘yida – baliqchilar huzurida bo‘lar, oqshomlarni esa xushbo‘y harorat og‘ushida betizgin xayollar surish bilan o‘tkazardi. Bir kuni ertalab turib qarasa, saroy hovlisi devoridagi choygul(atirgulning bir turi – tarj.)ning ilk g‘unchalari ochila boshlabdi. U so‘nggi uch yildan buyon har yoz faslida kanda qilmay ana shu noyob atirgul ochildi deguncha, undan guldasta yasab, Agnes xonimning uyi ostonasiga bildirmay qo‘yib kelardi. Mana endi bu yil ham to‘rtinchi bor ushbu kamtarona nomsiz salomdan xonim xursand bo‘ladigan bo‘ldi-da… Xuddi shu kuni tush payti azim qoraqayinlar o‘sib yotgan o‘rmon ichida mehmon baron va go‘zal ayol bir-biri bilan uchrashishdi. Baron ma’shuqasidan kecha va undan oldingi kuni kech oqshom qaerda bo‘lganini so‘rab-surishtirib o‘tirmadi. Ayolning xotirjam, beozor kulib turgan ko‘zlariga qattiq tikilarkan, unga po‘pisa ohangida dedi: – Bugun kechqurun qorong‘i tushgach, oldingga kelmoqchiman. Derazangni ochib qo‘y! – Bugun emas, – dedi ayol mayin ovozda, – yo‘q, bugun emas. – Men shuni xohlayman, seni qara-yu. Hermann Hesse.Soyalar o’yini t.me/e_kutubxona – Boshqa safar, maylimi? Faqat bugun emas, ilojim yo‘q. – Bugun oqshom kelaman dedimmi, gap tamom. Bugun oqshom yoki boshqa hech qachon, bilganingni qil. Ayol indamadi, ortiga burildi-da, ketdi. Kech bo‘lishi bilan baron daryo yoqasiga kelib, qorong‘i tushishini kutdi. Sohilda qayiq ko‘rinmadi. SHundan so‘ng u mahbubasining uyiga yaqinlashdi, butazor orasiga yashirinib, kesma miltig‘ini tizzasi ustiga qo‘ydi. Atrof sukunatga cho‘mgan, havo issiq. Oq gulli xushbo‘y o‘simlik – yasminning muattar hidi dimoqqa uradi, osmonda muallaq suzib yurgan bulutlar orasidan yulduzlar xira miltirab ko‘rinadi. Xiyobon ichida qandaydir qush dam-badam mahzun sayraydi. Hammayoq qorong‘ilik chodiriga burkandi. SHu payt uy burchagida nogoh soya ko‘rindi, kimdir oyoq uchida asta yurib kela boshladi. Boshidagi shlyapasini peshonasigacha tushirib olgan, nega bunday qildiykin, axir o‘zi shundog‘am qop-qorong‘i, bunga hojat yo‘q edi-ku. O‘ng qo‘lida guldasta ko‘tarvolgan, oq atirgullar xira yiltirardi. Poyloqchi hushyor tortib, miltiq tepkisini ko‘tardi. Noma’lum kishi to‘xtab, hadiksiraganday yuqoriga qaradi. Uyning hech qaerida chiroq ko‘rinmasdi. So‘ng u eshikka yaqin bordi-da, engashdi va temir tutqichni o‘pib qo‘ydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling