“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas, 
Kim ul oyning hajr-u ham avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas. 
Lirik qahramon mat’ladayoq bizga o‘zi chekayotgan iztirob, dard-u g‘amlar haqida o‘rtanib 
so‘zlaydi “Ko‘nglimdagi bu dard-u g‘am avvalgi dardlarga o‘xshamaydi, faqat bu emas yorimning 
hajri ham avvalgiga o‘xshamas”,- deydi. Lirik qahramon, yani oshiq kuchli, dard, alam chekyapti. 
Uning bu dardlari avvalgi chekkan dardlariga sira o‘xshamaydi, oshiq bu safar avvalgi dard-u 
alamlardan ham ortiqroq azob chekyapti, faqat bu emas, yorining hajri ham avvalgilarga
o‘xshamaydi. 
Ne sitamkim, qilsa rahmi maxfiy erdi zimnida 
Emdi qilsa ham sitam avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas. 
“Yorim avval ham menga ne sitamlar, azoblar ko‘rguzdi, lekin ularning orasida sirli 
ravishda rahm ham qilib turadi. Hozir-chi? Hozir rahm qilish u yoqda tursin, menga ko‘rguzayotgan 
azoblari ham avvalgilardan kuchli”-deb holi zabun, ahvoli nochor oshiq sho‘xchan va bevafo yori 
unga ko‘rgazgan azoblari haqida so‘zlaydi. Baytdagi rahm va sitam so‘zlalari ta’zod san’atini 
yuzaga keltirgan. 
Demangiz Shirin-u Layli oncha bor husn ichrakim
Xo‘blikda ul sanam avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas. 
Lirik qahramon keyingi paytda yorining husnini ta’riflaydi va g‘azalxonlarga murojaaat
qiladi: “Mening chekkan azoblarim, g‘amlarimni ko‘rib demak, oshiqning ko‘ngil qo‘ygan 
yorining husni Shirin, Layli kabi g‘azallarining husniday chiroyli ekan-da, deb aytmang. 
Chiroyda bu sanam Shirin-u, Layliga ham o‘xshamaydi, uning husni bu gozallarning husnidan
ham ziyoda. Shoir bu baytda ilohiy ishq haqida ham to‘xtalgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “Ul 
sanam” deb, nafaqat yorni, balki dunyodagi bor mavjudotga vujud bag‘ishlagan, vujud ahliga 
saxovat fayzini bergan Ollohni ham nazarda tutgan. Shoir shu baytda Layli, Shirin so‘zlarini
qo‘llab talmeh  san’atini yuzaga keltirgan. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling