“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
182 
POLIMER MODDALARNING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI 
 
Shomurotova Sh.X., TDPU, o‘qituvchi,
Maxsutboyeva N., TDPU, talabasi 
 
2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish va kimyo korxonalari rebtabelligining 
maqsadli parametrlari, kimyoviy mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning prognoz 
parametrlarini o’z ichiga oladi. Polimer moddalardan olinadigan mahsulotlarni qayta ishlash 
bo’yicha choralar ko’rish, eksportga yo’naltirilgan tayyor kimyoviy mahsulotlar hajmi va turlarini 
ko’paytirish, tog’ridan- tog’ri xorij investitsiyalarini jalb etgan holda mamlakat iqtisodiyoti 
tarmoqlarini zarur kimyoviy materiallar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilindi[1]. 
Tabiatda uchraydigan ko‘plab moddalar orasida boshqalaridan o’zining fizikaviy xossalari 
bilan keskin farq qiluvchi, eritmalarining yuqori qovushqoqliligi tufayli tolalar, pardalar va h.k.lar 
hosil qila oladigan moddalar guruhi mavjud. Bu guruhga o‘simlik va hayvonot organizmi hayot 
faoliyatida hosil bo‘luvchi sellyuloza, ligniti, pentozalar, kraxmal, oqsillar va nuklein kislotalar 
kiradi. Tabiiy polimerlar deb ataluvchi turli xil tolalar, teri va kauchukdan misol bo’la oladi. 
Polimer materiallar, odatda, ko`pkomponentli sistema hisoblanib, ularni yaratish uchun turli 
polimer komponentlar (ingredientlar) qo`llaniladi. Polimer materiallar olish sanoati, qishloq 
xo`jaligi, maishiy turli tarmoqlar uchun ekspluatatsiya talablarini qondira oladigan holatda bo`lib, 
polimer materiallar ishlab chiqarish - polimer materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Ko`p komponentli polimerlarning ishlab chiqarishda, shuningdek, ulardan 
amaliy foydalanishda materiallardan qator zararli quyi molekulyar moddalarning ajralib chiqish 
jarayonlari sodir bo`ladi. Polimer materiallar ekspluatatsiya sharoitiga bog`liq holda ularning 
miqdori bir necha massa foizni tashkil qiladi. Polimer materiallar bilan kontakda bo`lganda bir 
necha o`nga yaqin turli kimyoviy tabiati birikmalar bilan uchratish mumkin[2]. 
Tirik tabiatning asosini organik yuqori molekulyar birikmalar tashkil qiladi. Polisaxaridlar, 
lignin, oqsillar, pektin moddalar o‘simlik dunyosining asosiy tarkibiga kirib yuqori molekulyar 
birikmalardan iborat. Yog‘och, paxta, kanop kabi polimerlarning mexanik xossalari ular tarkibida 
yuqori molekulyar polisaxarid - sellyulozaning katta miqdorda bo’lishidandir. Bunday yuqori 
polisaxaridlar assimilyatsion jarayonning so’nggi muhim natijasi bo‘lib, quyidagi tenglama bilan 
ifodalanadi: 
6nCO
2
+ 5nH
2
O = [C
6
H
10
O
5
] + 6nO
2
Tirik organizm asosini ham yuqori molekulyar birikmalar tashkil etadi. Bular oqsillar bo‘lib, 
tirik organizmning deyarli barcha qismi - mushaklar, birlashtiruvchi to‘qimalar, miya, qon, teri, 
soch, jun, shox, tuyoq va boshqalarni tashkil etuvchilar yuqori molekulyar birikmalardan iborat. 
Polimer birikmalar kimyosi rivojlanishining dastlabki davrida ko‘pchilik tadqiqotchilarda 
sellyuloza, kraxmal, kauchuk hamda o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan fenol-formaldegid va 
mochevina-formaldegid qatronlar, polistirol, polivinilatsetat, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat 
kabi sintetik mahsulotlarga nisbatan quyi molekulyar birikmalar (oligomerlar) deb qaraladi. Oddiy 
quyi molekulyar birikmalardan farq qiladigan bu moddalar fizikaviy-mexanik xossalarining o‘ziga 
xosligi assotsilanish hodisasi bilan tushuntiriladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqariladigan polimer moddalarning bir qancha qulayliklari mavjud. 
Bugungi kunimizni polimer moddalarisiz taassavur qilish qiyin. Ularning bir qator avzalliklarini 
ko’rib o’tamiz.
1. Polimer eritmalari termodinamik barqaror sistemalar bo‘lib, quyi molekulyar 
birikmalarning chin eritmalaridan farq qilmaydi, ammo assotsilanish va solvatlanish kuchlari 
shunchalik yuqoriki, ular juda suyultirilgan eritmalarga ham taalluqlidir. 
2. Polimerning xossalari uning molekulyar massasi, makromolekulasining tuzilishi, ularning 
bukiluvchanligi, kimyoviy tarkibi hamda makromolekulyar ta’sir tabiatiga bog‘liq. 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling