“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
25 
maqsad qilgan Oʻzbekiston BMT tarkibiga kirgach xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 
jihatlarni, shu jumladan, xotin-qizlar huquqlarini tasdiqlovchi hamda ularni himoya qilish yuzasidan 
davlatning harakat dasturini belgilab beruvchi koʻplab xalqaro shartnomalar va konvensiyalarga 
qoʻshildi. Xotin-qizlarni jamiyatning siyosiy hayotiga jalb etishning faollashuvi hukumat 
faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi, zero, busiz haqiqiy demokratik davlatni qurib 
boʻlmaydi. Barcha sohalarda, ayniqsa siyosat sohasida gender tenglikka erishish oson ish emas. 
Aynan, shu sababli demokratiya qaror topgan mamlakatlardagi xotin-qizlar harakati rivojlanish 
tajribasini oʻzlashtirish, uni mamlakatimizda qoʻllash imkoniyatlaridan foydalanish zarur. 
Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki qay darajada 
ekanligini quyidagi ma’lumotlar orqali ko’rishimiz mumkin. 
2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi siyosiy partiyalarida xotin-qizlar oʻrni: 
1) Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi (XDP) – 30,5 % ; 
2) Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi (O’zLiDep) – 34%; 
3) Oʻzbekiston “Adolat” Sotsial-Demokratik Partiyasi – 43,18%; 
4) Oʻzbekiston “Milliy Tiklanish” Demokratik Partiyasi – 45,51%.[4] 
2019-yilgi parlament saylovlariga partiyalarimiz tomonidan ko’rsatilgan nomzodlarning 
gender tengligi bo’yicha ma’lumotni: 
1) Oʻzbekiston Ekologik partiyasi – ayollar 54, erkaklar 96 nafar; 
2) Oʻzbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi – ayollar 55, erkaklar 78; 
3) Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi – ayollar 64, erkaklar 86; 
4) Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – ayollar 65, erkaklar 85; 
5) Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi – ayollar 72, erkaklar 78[5]. 
Ikki statistik ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, normativ hujjatlarda belgilangan barcha 
sohalardagi gender tengligi, davlat boshqaruv sohasida biroz orqada qolayotganligini namoyon 
etmoqda. 33,873,438 nafar aholimizdan erkaklar – 17024790 nafar, ayollar – 16848648 nafar 
(2019-yil 02-dekabr soat 14:07 holatiga ko`ra)[6] ekanligini ko’rishimiz mumkin. Aholimizning 
deyarli yarmini tashkil etayotgan xotin-qizlarning davlat boshqaruvida nisbatan unchalik faol 
emasligidan dalolatdir. Lekin, quvonarli jihati mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bor mamlakat 
siyosiy hayotida davlat boshlig’idan keyingi o’rinni egallovchi Oʻzbekiston Respublikasi Senat raisi 
lavozimini 2019-yil 21-iyundan Narbayeva Tanzila Kamalovna egalladi. Bu mamlakat siyosiy 
jarayonlarida xotin-qizlarga keng imkoniyatlar berilayotganligidan darak bermoqda. 
Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash joizki, davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish 
uchun avvalo xotin-qizlarning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida tarmoqlar boʻyicha 
mehnatga haq toʻlashda nisbatlarning tenglashtirilishi, xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes 
sohalarida faoliyati uchun zaruriyat darajasida imkoniyat yaratish, onalarga bolalarni parvarishlash 
bilan bog’liq davlat imtiyozlarini yanada kengaytirish, jamiyatda erkaklar bilan ayollarning roʻli 
xususidagi patriarxat aqidalarni butunlay bartaraf etish, jinslarning ijtimoiy tengligi toʻgʻrisida 
jamoatchilikda ijobiy fikrni vujudga keltirish, jahon hamjamiyati tomonidan gender tenglik borasida 
amalga oshirilayotgan islohotlarni mamlakatimiz aholisi mentalitetiga moslab joriy etishni ilgari 
surish xotin-qizlarimizning nafaqat uy bekasi va ona, balki, davlatning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va real siyosiy hayotida oʻz pozitsiyasiga ega, buyuk kelajagimizga ulkan hissa qoʻsha 
oluvchi erkin shaxs sifatida shakllantirishimiz mumkin.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling