“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

Birinchidan, parlament nazoratini muvofiqlashtiruvchi, boshqa sub'ektlar bilan 
munosabatlarini tartibga soluvchi yagona normativ huquqiy hujjat, amaldagi qonunchilikda par-
lament nazoratining umumiy shakllari, sub'ektlari ko‘rsatilgan, ularning funksiyalari, amalga 
oshirish tartiblari aniqlashtirilgan «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunni ishlab chiqilgan. 
Qonunda parlament nazoratining asosiy maqsadi, prinsiplari, ob'ekt va sub'ektlari, tadbirlarni 
tashkillashtirish uslubi va shakllari, parlament nazoratini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan 
shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalalar batafsil aks ettirilgan. 
Ikkinchidan, parlament nazorati tahlili, uning tarkibiga kiruvchi qonun ijrosini dastlabki, 
joriy va keyingi ko‘rinishlarida tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Qonunchilikni nazorat va 
monitoring qilishda maqsadli, rejali yondashuv talab etiladi. Jamiyat rivojining nisbatan dolzarb 
sohalarini qamrab oluvchi qonunlar tahliliga birinchi darajada e'tibor qaratish lozim. Eng muhim 
masalalarni palataning kengaytirilgan yig‘ilishlarida muhokama etish zarur. 
Uchinchidan, parlament palatalarining o‘zaro hamkorligi ham, qo‘mitaning sud va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borishi ham dolzarb ahamiyatga ega. Shuning 
uchun parlament palatalari huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moliyaviy nazorat borasidagi 
hamkorligi mexanizmini xalqqa tushuntirish va natijalaridan xabardor etish zarur. 


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
23 
To‘rtinchidan, parlament so‘rovi samaradorligi qonunchilikda uni amalga oshirish va 
chora-tadbirlarni vaqtida bajarish mexanizmini yanada aniqlashtirishni talab etadi. Parlament so‘-
roviga rasmiyatchilik bilan yondashuvning oldini olish maqsadida chora-tadbirlar kompleksini ish-
lab chiqish maqsadga muvofiq. Parlament nazorati bo‘yicha milliy va xalqaro tajribadan kelib 
chiqib uning samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi xulosa va tavsiyalarni berish maqsadga 
muvofiq. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling