“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnalogiyalarni 
qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid 2018-yilgi Davlat Dasturi to’g’risidagi 2018-yil 22-yanvardagi PF-
5308-sonli Farmoni. 
2. Dunyo siyosat jamiyati 2018-yil 9-nashr 
3. Internet saytlari. 


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
24 
OʻZBEKISTONDAGI SIYOSIY JARAYONLARDA GENDER TENGLIGI 
MASALALARI 
 
Yoʻldoshev Avazbek Abdurashid oʻgʻli, 
Berkinov Oybek Toxir oʻgʻli, 
Toshlent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
Inson huquqlari muammosi bugungi kunda jahon hamjamiyatining eng dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, terorizm, ekstremizm xurujlari kuchaygan XXI asrda 
bunday huquqlarni ta`minlash nafaqat alohida davlat uchun, balki, keng xalqaro hamjamiyat uchun 
ham birinchi darajali vazifalarga aylanmoqda. 
Dunyo mamlakatlari jinslar tenglik tamoyili sotsial-demokratik, liberal- demokratik 
tuzumlari ustunlaridan biri sifatida ko’rib chiqilmoqda. Ko’pgina mamlakatlar hukumatlari gender 
tengligini ta’minlashga qaratilgan bir qator choralarni amalga oshirib, oʻz mamlakatlari 
sharoitlariga moslab oldilar va mustahkamladilar. Hozirgi kunda jinslar tengligi tamoyili davlat 
siyosatining zaruriy jihatiga aylandi.
Biz, avvalambor, ustuvor tamoyilga aylangan gender tenglik o’zi nima degan savolga javob 
olishimiz kerak. “Gender tenglik – bu texnokratik maqsad emas. Bu muhim siyosiy majburiyatdir. 
Unga erishish – uzoq muddatli jarayon bo’lib, uning doirasida barcha madaniy, siyosiy va iqtisodiy 
me’yorlar prinsipial o’zgarishlar uchraydi. Shuningdek bu mutlaqo yangi fikrlashni talab etadi. Toki 
uning doirasida erkaklar va ayollar to’g’risidagi eskicha qarashlar ularning tanlov erkinliklarini 
chegaralamasligi lozim. Rivojlanish jaroyoni esa bir jinsning emas, har ikki jins vakillarining tanlov 
erkinligini kengaytirish sifatida anglashiladi. Jinslar tengligi –inson salohiyati rivojlanishining 
muhim jihatidir”[1]. Gender muommosi – bu erkaklar va ayollarning hayot va faoliyatning barcha 
sohalaridagi tengligidir. U oʻz ichiga to’rtta asosiy yo’nalishni qamrab oladi:
- huquqlar tengligi; 
- ma’suliyat tengligi; 
- imkoniyatlar tengligi; 
- erkaklar va ayollarning teng hamkorlik munosabatlari.[2]. 
Ijtimoiy munosabatlarning gender tahlilida gender nomuvofiqlik aniqlanadi. Bir jins 
ikkilamchi bo’lib, boshqasiga bo’ysundirilgan. Shu nuqtai nazardan hokimiyat taqsimlanishining 
gender tengligi ahamiyatlidir. Ushbu tahlil tarixiylik tamoyiliga asoslangan. Ya’ni, davlat siyosati 
rivojlanish jaroyonida ko’rib chiqiladi, turli vaqt bosqichlarida xotin-qizlarga nisbatan hokimiyat 
tuzilmalari anglashiladi. Xotin-qizlarga nisbatan yuritiladigan davlat siyosatining uchta ko’rinishi 
mavjud: 
1) patriarxat siyosat; 
2) paternalistik siyosat; 
3) egalitar siyosat; 
Patriarxat siyosat – ota hokimligi demakdir.
Paternalistik siyosat xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqli yuridik ijtimoiy mavqega 
erishish; xotin-qizlarning jamoat ishlab chiqarishida keng ishtirok etishi, ayol kishining uchta roʻli: 
ishchi, ona va uy bekasi vazifalarini baravar bajarishi uchun sharoitlarini yaratish; farzand tug’ilishi 
va uni parvarishlash munosabati bilan imtiyozlar, nafaqalar, ta’tillar berish, ayollar mehnatidan 
foydalanishni cheklash va ayollarni ijtimoiy himoyalash tizimini tashkil etish kabi vazifalarini 
bajaruvchi siyosatdir. 
Egalitar siyosatda shaxsning jinsidan qat’i nazar barcha ijtimoiy sohalarda oʻzini oʻzi 
namoyon etish uchun teng sharoitlarni yaratish maqsad qilib qoʻyilgan[3]. 
Respublikamizda ham xotin-qizlarga nisbatan paternalistik va egalitar siyosatlari amal 
qiladi. Yuqoridagi barcha prinsiplar hukumatimizning davlat dasturlari va boshqa normativ hujjatlar 
asosida amalga oshirildi. Shu jumladan, Konstitutsiyamizning 46-moddasi bilan xotin-qizlar va 
erkaklar teng huquqliligi kafolatlangan. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishni oʻz oldiga 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling