21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari


Download 436.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.02.2023
Hajmi436.93 Kb.
#1237923
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21-мавзу.



21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. 
Reja: 
1. Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari. 
2. Rayon xo’jaligining tarmoqlar va hududiy tarkibi va ixtisoslashuvi.
Hududiy ishlab chiqarish majmualari. 
3. Ishlab chiqarish salohiyati.Rayonning ichki tafovutlari va shaharlari. 
4. Geoekologik muammolar va rayon xo’jaligi rivojlanishining istiqbol 
yo’nalishlari. 
 
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni 
O‘zbekistonning quyi Amudaryo mintaqasi o‘z tarkibiga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hamda Xorazm viloyatini birlashtiradi. Uning maydoni 172,64 ming 
km.kv yoki mamlakat hududining 38,4 foizini tashkil etadi. U bu jixatdan 
O‘zbekiston Respublikasining eng katta iqtisodiy rayoni hisoblanadi. 
Rayon aholisi, 01.01.2019 yil ma’lumotiga ko‘ra, 3705,5 ming kishi bo‘lib, 
bu mamlakat aholisining 11,1 foiziga teng. Aholi joylashuvining o‘rtacha zichligi 
1 km.kv maydonga 21,4 kishi, umumiy urbanizatsiya darajasi 41,2 foiz. 
Asosiy rayon xosil kiluvchi omil bo‘lib uning iqtisodiy geografik o‘rni 
xizmat qiladi. Rayon, o‘z nomiga mos holda, Amudaryoning quyi oqimida, Orol 
dengizining janubiy qismi va O‘zbekiston Respublikasining shimoli-g‘arbiy 
qismida, yaqin va «uzoq» xorij mamlakatlarga chiqish joyida joylashgan. Quyi 
Amudaryo rayonining bunday iqtisodiy-geografik va geosiyosiy mavqei uning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ichki investitsiya makonini yaratish hamda 
mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizimida integratsiya (aloqa) qilishiga 
imkon beradi. Ikkinchi, rayon hosil qiluvchi omil uning gidrografik birligidir. 
Ushbu hududning tarixi, hozirgi holati va istiqboli ko‘p jihatdan Amudaryoga 
bog‘liq. Qadimda bu o‘lkada sug‘orma dehqonchilik madaniyatining 
rivojlanganligi va u bilan bog‘liq fan, savdo kabi sohalarnint yuqori darajada 
taraqqiy etganligi sir emas. Mintaqa iqtisodiyotining hozirgi holati ham aynan 
ana shu rayon «umurtqasi» Amudaryoga asoslanadi. Zero, qishloq xo‘jaligining 
intensiv rivojlanishi, qayta ishlash sanoati eng avvalo, mazkur gidrografik omil 
negizida vujudga kelgan. Ayni vaqtda quyi Amudaryo iqtisodiy rayonning 
kelajagi, takdiri ham asosan, suv, xususan, Orol dengizi muammosi bilan bog‘liq. 
Chunki bu rayon dengizning chekinayotgan, antropogen cho‘llashuv jarayoni avj 
olayotgan qismida joylashgan. 
Mamlakat mehnat taqsimotida rayon paxta, sholi, jun, o‘simlik yog‘i, gilam 
kabi mahsulotlarni yetishtirishda muhim o‘ringa ega. Binobarin, bu yerda 
ixtisoslashgan, ya’ni rayon hosil qiluvchi xo‘jalik tarmog‘i sifatida paxtachilik, 
donchilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat, yengil sanoatning tarmoqlari xizmat 
qiladi. So‘nggi yillarda mintaqada tog‘-kon kimyosi, qurilish materiallari va 
to‘qimachilik sanoati rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga rayonda xalqaro 
turizmni rivojlantirish imkoniyati ham mavjud.


Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni ichki jihatdan O‘zbekistonning ikki turli 
kattalikdagi ma’muriy hududiy birliklaridan iborat. Masalan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi o‘zining maydoni bo‘yicha qo‘shni Xorazmdan 26,2 marta katta. 
Ayni vaqtda ularning aholi soni miqdorida bunday tafovut yo‘q. 
Ushbu hududlar o‘zlarining tabiiy sharoiti va qazilma boyliklari bilan ham 
tubdan farq qiladi. Agar Xorazm viloyatida qazilma boyliklar deyarli mavjud 
bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston bu borada ancha ajralib turadi. Shunday qilib, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining demografik, tabiiy 
geografik va resurs salohiyatining bir xil emasligi ularda iqtisodiyotning o‘ziga 
xos yo‘nalishlarini shakllanishiga olib keladi. Ayni chog‘da xuddi bir-biriga 
o‘hshamaydigan ushbu hududning iqtisodiy aloqasini, o‘zaro hamkorlikda, 
yagona iqtisodiy hududda rivojlanishini taqozo etadi. 
Iqtisodiy rayon O‘zbekiston Respublikasi aholisining 1/10 qismidan 
ko‘prog‘ini tashkil qilgan holda uning 7,3 foiz yalpi ichki mahsuloti, 4,5 foiz 
sanoat hamda 8,8 foiz qishloq xo‘jaligi mag‘sulotini beradi. Rayon tarkibida esa 
Xorazm viloyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari nisbatan yuqoriroq. Chunonchi, 
uning hissasiga mintaqa sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmining 60 
foizdan ortiqrog‘i to‘g‘ri keladi, vaholanki, viloyatning hududiy va demografik 
salohiyati Qoraqalpog‘istonga ko‘ra ancha kamroq. Shu bilan birga, 
Qoraqalpog‘istonda umumiy ekin maydoni, investitsiya hajmi va tashqi savdo 
oboroti birmuncha ko‘proq. Iqtisodiy rayonning shunga o‘xshash ichki 
hususiyatlarini uni tashkil etuvchi ma’muriy birliklarning tahlilida ko‘zga 
tashlanadi. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suveren davlat sifatida 9 aprel 1993 yilda
qayta tashkil etilgan. Poytaxti - Nukus shahri. 
Uning tarkibiga 15 ta qishloq tumanlari, 12 ta shahar va 27 ta shaharcha 
kiradi. Maydoni 166,6 ming km.kv, aholisi, 1.01.2019-y. ma’lumotiga ko‘ra, 
1869,8 ming kishi, aholining o‘rtacha zichligi 1 km
2
ga 11,2 kishi. 
Qorakalpog‘iston mintaqa va O‘zbekiston Respublikasi ichidagi mehnat 
taqsimotida asosan, dehqonchilik, xususan, sholi yetishtirish, jun-go‘sht 
chorvachiligi, oziq-ovqat va yengil sanoatning ba’zi tarmoqlari bilan ajralib 
turadi. 
Geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Orol dengizi bo‘yida joylashgan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining geosiyosiy mavqei, ya’ni Qozog‘iston 
Respublikasi va Turkmaniston davlati bilan chegaradoshligi, O‘zbekistonning 
horij mamlakatlariga chiqish joyida ekanligi uning rivojlanishiga qulay 
imkoniyatlar yaratib beradi. 
Qoraqalpog‘iston yer usti tuzilishi murakkab emas: eng baland nuqtasi 
Sultonuvays tizmasi bo‘lib, u dengiz satxidan 473 m. balanddikda joylashgan. 


Sariqamish va Assaka cho‘kmalari esa ancha past – 30 m. atrofida. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoli-g‘arbida Ustyurt platosi, sharqida 
esa Turon pasttekisligi, markaziy qismida esa Amudaryoning quyilish qismi 
irmoqlari joylashgan. 
Mintaqa turli xil qazilma boyliklarga ega. Bu o‘rinda eng avvalo, 
Sultonuvays tizmasida rangli va qora metallar, qurilish sanoati xomashyosi ko‘p. 
Ular jumlasiga marmar, oxaktosh, gips, mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, 
qimmatbaho toshlar, barit, talq abraziv materiallar va boshqalar kiradi. Biroq bu 
boyliklarning zahirasi va texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab chiqarishini 
tashkil qilish uchun hali mukammal o‘rganilmagan. Ba’zilari esa, masalan, 
Tebinbuloq temir rudasi koni aniqlangan zahiralar kamligi va uning sifat 
ko‘rsatkichlarining yuqori emasligi sababli (rudadagi temirning ulushi 20 foizga 
ham yetmaydi) hozircha sanoat ahamiyatiga ega emas deb baholangan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tog‘-kon kimyosi zahiralariga ham boy. 
Chimboy yaqinidagi Qo‘shqonottov va Qo‘ng‘irot atrofidagi Borsa-Kelmas 
hamda Qoraumbet kabi konlarda sulfat-magneziy, tosh va osh tuzlarining juda 
katta zahiralari mavjud. 
Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi qismida tabiiy gaz va ayniqsa, neft 
konlariga boy ekanligi bashorat qilingan. Hozirgi kunda Oqsholoq, Shoxpaxti, 
Quvonish konlaridan tabiiy gaz qazib olinadi. Kelajakda esa ushbu yoqilg‘i 
turlarining yirik konlarini topilishi ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda bu hududga 
respublika geologik kidiruv ishlariga mo‘ljallangan investitsiya va moliyaviy 
resurslarni, hajmining asosiy qismi shu ishlarga yo‘naltirilgan. 
Iqlimi o‘ta kontinental, yillik yog‘in miqdori 100-200 mm atrofida. Albatta, 
mintaqada bu jihatdan qurg‘oqchilik keskin sezilib turadi. Mumkin bo‘lgan 
parlanish amaldagisidan 9—10 marta ziyod. Binobarin, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari ancha 
cheklangan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy sharoiti, mineral xomashyo 
hamda agroiqlimiy resurslari asosan, tog‘-kon kimyosi, qurilish va yoqilg‘i 
sanoati, chorvachilik va polizchilik sohalarini rivojlantirish imkonini beradi. 
Ayni vaqtda, bu yerda suv yetishmasligidan elektr stansiyalarni qurish, daryo 
transporti, intensiv sug‘orma dexqonchilik va baliqchilikni rivojlantirishga imkon 
bermaydi. 
Aholisi va mehnat resurslari. Aholi soni 01.01.2019 yil 1869,8 ming kishini 
tashkil qilgan, yoki shu davrda 154,4 foizga ko‘paygan (O‘zbekiston 
Respublikasi bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘rtacha 227,0 foizga teng) jami aholi 
sonining 49,08 foizi shahar joylarda yashaydi. Qolgan qismi 141 ta qishloq 
fuqarolari yig‘inlarida yashaydi. 
Qorakalpog‘iston Respublikasida aholi zichligi 1 km.kv ga 11,2 kishidan 
to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, bu «o‘rtacha» ko‘rsatkich Nukus shahri atrofida hamda 


intensiv dehqonchilik rivojlangan hududlarda ancha yuqori. 
Keyingi yillarda aholi joylashuvida ijtimoiy infratuzilmalari yaxshi 
rivojlangan, sanoat ishlab chiqarishi va intensiv dehqonchilik yaxshi taraqqiy 
etgan markazlarga aholini ko‘chishi kuzatilmoqda. Aholini demografik 
xususiyatlari Beruniy, To‘rtkul, Amudaryo kabi tumanlarda aholi sonini o‘sishi 
ortib borayotganligida o‘z ifodasini topmoqda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi zichligi hamma tumanlarda bir hil 
emas. Masalan, eng yuqori ko‘rsatkich Amudaryo tumanida kuzatilsa (146 kishi), 
uning eng past darajasi Qo‘ng‘irot tumaniga to‘g‘ri keladi. Ushbu tuman nafaqat 
Qoraqalpog‘istonda, balki O‘zbekistonda eng katta ma’muriy birlik hisoblanadi. 
Qo‘ng‘irot tumani Qoraqalpog‘iston maydonining 46 foiz, Respublika 
hududining 16,6 foizini tashkil qilgan holda bu yerda har 1 ming kv. km. ga atigi 
1,6 kishi to‘g‘ri keladi, xolos. 
Respublika bo‘yicha tug‘ilish 21,6 va o‘lim 4,6, tabiiy o‘sish
17,0 promillega teng. Ushbu demografik jarayonlarda hududiy farqlar uncha katta 
emas: eng yuqori tug‘ilish koeffitsienti Amudaryo tumanida, o‘limning eng past 
darajasi esa Bo‘zatovda qayd qilingan (2018 yil yakunlari bo‘yicha). Ammo 
bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarida sezilarli tafovutlar kuzatiladi. Masalan, 1 
yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha har 
ming tug‘ilganlarga nisbatan 13,9 bolani tashkil qiladi. Respublikani tumanlari 
bo‘yicha 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi bir biridan farq qilib asosan orol 
bo‘yicha hududlarida bu ko‘rsatkich yuqori. 
2018 yilda Ekologik vaziyatning noqulayligi sababli aholining ichki 
migratsiya 9858 kishini, respublika hududlaridan ko‘chib ketish 747 kishini 
tashqi migratsiyasi 211 kishini umuman jami ko‘chib kelganlar 10816 kishini 
tashkil qilgan. Respublika bo‘yicha jami ko‘chib ketganlar 14861 kishini, 
respublika hududlariga 1314 ta, hudud ichida 9858 ta, horij davlatlarga 3689 ta 
aholi ko‘chib ketgan. 
Jami aholidan 917,7 ming kishi 15 shahar va 27 shaharchalarda va 952,1 
ming kishi qishloq, joylarda yashaydi. Eng katta shahar – Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi poytaxti Nukus bo‘lib, unda 314,9,2 ming aholi istiqomat qiladi. 
Xo‘jayli, Beruniy va Taxiyatosh o‘rta shaharlar qatoriga kiradi. Chimboy, 
To‘rtko‘l, Mang‘it va Qo‘ng‘irot shaharlarining har biriga 50-80 ming aholi 
to‘g‘ri keladi. Qolgan shaharlarda aholi soni bundan kam. 
Nisbatan katta qishloqlar asosan, qadimdan sug‘orilgan hududlarda 
joylashgan. 2018 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
mehnatga layoqatli yoshdagi aholining soni 1064,8 ming kishi, iqtisodiy faol 
aholi 779,5 ming kishi, ish bilan band bo‘lganlar esa 705,2 ming kishi. 
Respublikada mehnatga yaroqli ishsiz aholi qatlamini ish bilan ta’minlash 
maqsadida yetmish o‘rinlari yaratilmoqda. Jami band bo‘lgan aholining 34,7 foizi 
qishloq xo‘jaligiga, 9,1 foizi sanoatga, 8,7 foizi qurilishga, 15,5 foizi ta’lim, 


madaniyat va san’at, fan va fan xizmatiga to‘g‘ri keladi.

Download 436.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling