21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari


Download 436.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana28.02.2023
Hajmi436.93 Kb.
#1237923
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21-мавзу.

Iqtisodiyoti. Xorazm viloyati iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega. 
Viloyat O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 4,5 foizini, sanoat mas’hulotini 
2,7 va qishloq xo‘jaligini 6,3 foizni beradi (2018 y.). Respublika hududiy mehnat 
taqsimotida Xorazm viloyati yengil va oziq-ovqat sanoatiga, qishloq xo‘jaligida 
esa paxta va sholi yetishtirishga ixtisoslashgan. 
Viloyatda iqtisodiy isloxotlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 
Sanoatning 90,5 foiz va qishloq xo‘jaligining deyarli yuz foiz mahsuloti nodavlat 
sektorida yaratiladi. Ayni vaqtda qishloq joylari ijtimoiy infrastrukturasi 
rivojlanib bormoqda. 
Xo‘jalikning turli tarmoqlarida 26 dan ortiq qo‘shma korxonalar barpo 
etilgan. Barcha qo‘shma korxonalarda 2018 yilda 1240 mln. so‘mlik mahsulot 
ishlab chiqarilgan, ularning viloyat eksportidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etadi. 
Hammasi bo‘lib qo‘shma korxonalarda 2000 kishiga yaqin ishchi xizmat qiladi. 
Sanoati. Xorazm viloyati 2018 yilda amaldagi narxlarda 6457,2 mlrd 


so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan. Sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi 
2017 yilga nisbatan 121,5 foizni tashkil qilgan. Ulardan 26,2 foizi oziq-ovqat 
mahsulotlari, 73,8 foizi esa nooziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Viloyatda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar mahalliy xomashyo asosida yaratiladi. 
Keyingi yillarida bu yerda sanoat ishlab chiqarilishi deyarli 3 barobarga 
o‘sdi. Xorazm viloyati sanoatida tub yangilanishlar ko‘zga tashlanib ular asosan 
xorijiy investitsiyalarni hududga jalb qilinishida o‘z ifodasini topmoqda. 
Sanoat tizimida 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar ishga tushirildi. Ular 
jumlasiga poyafzal ishlab chiqaruvchi «Dorital LTD», konserva ishlab 
chiqaruvchi «Meva», shuningdek «Koka-Kola», «O‘zximvent», «AloqaDEU» va 
boshqalar kiradi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar firmalari ishtirokida boshqa 
sanoat korxonalari ham rivojlanib bormoqda. Masalan, Xitoy texnologiyasi 
yordamida Urganchda «Xorazm ipagi» to‘qimachilik korxonasi, Buyuk Britaniya 
asbob-uskunalari bilan jihozlangan Bog‘otdagi tibbiy paxta (momiq) ishlab 
chiqaruvchi fabrika, Rossiyaning Komishin fabrikasi bilan hamkorlikda Xonqada 
ip-kalava va ip gazlama ishlab chiqaruvchi korxona, Turkiyaning «Yazek» 
firmasi bilan «Gurlantekstil», xuddi shunday korxona Urganchda ham qurilgan. 
Bulardan tashqari, Xiva gilam kombinatiga Germaniyadan asbob-uskunalar 
keltirilgan, Bog‘otda shisha zavodi, Xazoraspda Respublikamizda birinchi qand 
zavodi «Xorazmshakar» ishga tushirildi. Bularning barchasi o‘ziga xos «Xorazm 
tezligini» ta’minlaydi. 
Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibida yengil sanoat ustunlik 
qiladi (2019 yilda u jami sanoat mahsulotining 32,8 foizini bergan). Shuningdek, 
bu yerda un-krupa, omuxta yem (23,8 foiz), hamda oziq-ovqat sanoati yaxshi 
rivojlangan - 22,6 foiz. Keyingi o‘rinlarni mashinasozlik va metalni qayta ishlash, 
qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish egallaydi. 
2018 yil yakunlariga ko‘ra, viloyatda 76 asosiy sanoat korxonalari mavjud 
bo‘lib, ularning barchasida 38 ming kishi xizmat qiladi. Ana shu yili 210 mln. 
kVt/s elektr-energiyasi, 75,2 ming tonna paxta tolasi, 1000 ming m
2
gilam va 
gilam mahsulotlari, 19,9 mln. tonna tozalangan o‘simlik yogi, 130 ming tonna un, 
1450 mln.m.kv. ip gazlama ishlab chiqarilgan. 
Xorazm viloyatida Asaka avtomobil ishlab chiqarish zavodini “Damas” 
rusumli avtomobilni ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yilishi viloyat sanoat ishlab 
chiqarishini nufuzini oshirdi. 

Download 436.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling