21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar
Download 436.93 Kb. Pdf ko'rish
|
21-мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki tafovutlari.
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. Respublika hududida 928,4 km
temir yo‘llari, 4187,0 km qattiq qoplamali avtomobil yo‘llari mavjud. 2018 yilda avtomobillarda 26,4 mln tonna yuk, 132,7 mln yo‘lovchi tashilgan. Qoraqalpog‘iston hududidan O‘zbekistonni Rossiya bilan bog‘lovchi Taxiyatosh-Beynau temiryo‘li o‘tadi. Shu bilan birga keyingi yillarda Nukus- Chimboy temiryo‘li ham qurilib ishga tushirilgan va Qo‘ng‘irot-Nukus-Chimboy yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilar tashilmoqda. Ayni vaqtda Uchquduq-Miskin- Nukus temir yo‘li qurildi, Nukus-Beynau avtomobil yo‘li ham qurib bitirildi. Ular to‘la ishga tushgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimizning boshqa hududlari bilan bevosita bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tashqi savdo oboroti 210 mln. AQSh dollariga teng, shu jumladan, eksport 100,0 va import 110,0 mln.AQSh dollar. Eksportning 80-85 foizi paxta tolasiga to‘g‘ri keladi, importda esa mashina va asbob-uskunalar, oziq-ovqat maxsuloti asosiy o‘rinni egallaydi. Ta’kidlash joizki, yildan yilga paxta tolasining eksportdagi ulushi kamayib bormoqda. Masalan, u 2017 yilda jami eksport qiymatining 92,6 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 76,0 foizga teng bo‘ldi. Iqtisodiy aloqalar Hamdustlik mamlakatlari va qisman «uzok» xorij davlatlari bilan olib boriladi (Shveysariya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Rossiya, Qozog‘iston bilan). Tashqi savdoda respublikani imkoniyatlari yil sayin kengayib bormoqda. Ichki tafovutlari. Qoraqalpog‘iston hududi to‘rtta asosiy iqtisodiy rayonlarga bo‘linadi: g‘arbiy, sharqiy, markaziy va janubiy. Bundan tashqari, Mo‘ynoq va Bo‘zatov tumanlari doirasida shimoliy rayon ham ajratilishi mumkin. Belgilangan hududiy tarkiblar orasida g‘arbiy, shimoliy va sharqiy rayonlarning iqtisodiy va demografik salohiyati ancha past, markaziy va janubiy mintaqalar esa birmuncha rivojlangan. G‘arbiy rayoni tarkibiga Qo‘ng‘irot, Shumanay va Qonliko‘l tumanlari kiradi, rayon Qoraqalpog‘iston hududining 45,5 va aholisining 12,5 foizini tashkil qiladi. G‘arbiy rayon hissasiga Qoraqalpog‘istonning 16 foiz sanoat va deyarli shuncha qishloq xo‘jaligi mahsuloti to‘g‘ri keladi. Ushbu rayonning «norasmiy» markazi Qo‘ng‘irot shahri (80,9 ming kishi). Bu yerda asosan yaylov chorvachiligi birmuncha rivojlangan. Shu bilan birga yoqilg‘i va kimyo sanoati ham yuksalib bormoqda. Shimoliy rayon Mo‘ynoq va Bo‘zatov tumanlaridan tashkil topgan bo‘lib, unga Qoraqalpog‘iston Respublikasining 23,4 foiz maydoni va aholisining atigi 3,2 foizi to‘g‘ri keladi. Rayon iqtisodiy jihatdan juda sust rivojlangan.U Qoraqalpog‘iston sanoat mahsulotining atigi 1,2 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 2,5 foizini beradi. Eng yirik shahri Mo‘ynoq (13,7 ming kishi). Markaziy rayon Nukus shahri xokimiyati, Nukus va Xo‘jayli tumanlarini birlashtiradi. Hududi Qrning 2,0foiz, aholisi 32,5 foiz, sanoat mahsuloti 55, qishloq xo‘jaligi mahsuloti 13,15 foizga teng. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng rivojlangan. Markazi – Nukus shahri. Mintaqa asosini Nukus Xo‘jayli sanoat tuguni va shu nomdagi shahar aglomeratsiyasi tashkil qiladi. Mazkur rayonda oziq-ovqat, to‘qimachilik, elektr-energetika sanoati, sholichilik yaxshi rivojlangan. Sharqiy rayon Qorao‘zaq, Chimboy, Kegeyli va Taxtako‘pir tumanlaridan iborat. Uning Qoraqalpog‘iston Respublikasida tutgan o‘rni: maydoni 17,6 foiz, aholisi 15,6 foiz, sanoati 10-12 foiz, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 20-22 foiz. Asosiy shahri Chimboyda 56,8 ming aholi yashaydi. Rayonda yaylov chorvachiligi, sholi yetishtirish katta ahamiyatga ega. Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlari kiradi. Rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining 7,1 foizini, aholisining esa 36,2 foizini tashkil qiladi.Bu yerda agroindustrial majmuasi, shu jumladan, paxta va sholi yetishtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati rivojlangan. Rayon Qoraqag‘poristonda sanoat mahsulotining taxminan 20-22 foiz hamda qishloq xo‘jaligining 45-48 foizini ta’minlaydi. Asosiy shaharlari Beruniy (66,9 ming) va To‘rtko‘l (80,5 ming kishi). Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol yo‘nalishlari ham har xil. Masalan, Markaziy rayon o‘zining mavqeini saqlagan holda yaqin kelajakda Janubning rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduq-Sultonuvays-Miskin-Nukus temir yo‘lining ochilishi ham sabab bo‘ladi. Keyingi navbat g‘arbiy rayonga kelsa kerak, bu Ustyurt qazilma boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq. Sharqiy rayon istiqboli uzoqroq kelajakda Taxtako‘pirdan sharqqa- Qozog‘istonning tutash hududiga temiryo‘l qurilishi, Chimboy tuz konlarini ishga tushirilishi bilan boshlansa ajab emas. Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo‘lib qoladi va uning rivojlanishi ko‘p jixatdan Orol taqdiridan kelib chiqadi. Hududlarning bunday taraqqiyot hususiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining mintaqaviy siyosatida o‘z aksini topadi. Download 436.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling