21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari


Download 436.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana28.02.2023
Hajmi436.93 Kb.
#1237923
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21-мавзу.

Qishloq xo‘jaligi. Xorazm viloyati 2018 yilda 385,4 ming tonna don 
mahsulotlari, shundan 259,0 ming tonna bug‘doy, 224,1 ming tonna paxta, 115,8 
ming tonna kartoshka, 568,8 ming tonna sabzavotlar, 123,3 ming tonna oziqbop 
poliz mahsulotlari, 148,2 ming tonna meva va rezavorlar, 39,4 ming tonna uzum, 
157,9 
ming 
tonna 
go‘sht, 
1012,3 
ming 
tonna 
sut, 
460,1 mln dona tuxum, 1101 tonna jun, 8620 dona qorako‘l terisi, 1506,3 tonna 
pilla va ko‘plab boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirdi.


Xorazm viloyatida 2018 yilda 580 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtiruvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatgan. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy siyosati doirasida 
Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. 
Ushbu dasturga muvofiq kelajakda viloyat ishlab chiqarish va eksport 
salohiyatini yanada oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilash, 
mehnat resurslaridan to‘laroq, foydalanish, halqaro turizm va sanoatning og‘ir 
tarmoqlariga ham ko‘proq ahamiyat berish nazarda tutilgan. 
Viloyatda aholini turmush darajasini yaxshilash maqsadida kichik va o‘rta 
biznes sub’ektlarini sonini ko‘paytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, 
hududni eksport salohiyatini rivojlantirish aholini zamonaviy uy-joy bilan 
ta’minlash, infratuzilmalarni takomillashtirish, xalqaro turizmni yanada 
rivojlantirish davlatimizni asosiy rejalaridan biri hisoblanadi va uni yaqin 
kelajakda to‘la amalga oshishini ta’minlaydi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Nima sababdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bir 
iqtisodiy rayon tarkibiga kiritiladi? 
2. Har ikkala hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, demografik vaziyatiga 
iqtisodiy jihatdan baho berish: 
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimizda qanday sohalarga 
ixtisoslashgan va uning istiqboldagi rivojlanish omillari qaysilar? 
4. Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining hududiy tarkibi qanday? 
5. Nima uchun Xorazm viloyatida og‘ir sanoat yaxshi rivojlanmagan? 
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining asosiy muammolari va istiqbolda 
rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ta’riflab bering.

Download 436.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling