21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari


Download 436.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana28.02.2023
Hajmi436.93 Kb.
#1237923
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21-мавзу.

Qishloq xo‘jaligi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning 159,9 
ming tonna paxta xomashyosini, 70,3 ming tonna kartoshka, 253,0 ming tonna 
sabzavot, 134,4 ming tonna oziqbop poliz, 49,4 ming tonna meva va rezavorlar, 
7,6 ming tonna uzum, 105,2 ming tonna go‘sht, 378,0 ming tonna sut, 307,3 mln 
dona tuxum, 1260 ming tonna jun, 81390 dona qorako‘l terisi, 607 tonna pilla 
mahsulotlarini yetkazib beradi. 
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligida 2018 yilda barcha toifadagi 
xo‘jaliklarda 7001,1 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliq mahsulotlari ishlab 
chiqarilgan. Shundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 6568,4 mlrd so‘mni 
tashkil qilgan. Shu jumladan 2997,7 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari
3570,7 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari, yetishtirilgan. 
Respublikada 2018 yilda 232,2 ming gektar maydonda qishloq xo‘jaligi 
ishlari amalga oshirilgan. 37 foiz maydonda don ekinlari, 41,6 foiz maydonda 
texnik ekinlar, shundan 38,2 ming gektar maydonda g‘o‘za, 12,7 ming gektar 
maydonda kartoshka va sabzavot-rezavor ekinlari, 8,7 ming gektar joyda ozuqa 
ekinlari ekilgan. 


2018 yilda 246,8 ming tonna don, shundan 169,0 ming tonna bug‘doy, 253,0 
ming tonna sabzavotlar, 70,3 ming tonna kartoshka, 105,2 ming tonna tirik 
vaznda go‘sht, 378,0 ming tonna sut, 307,3 mln dona tuxum yetishtirilgan.
Respublikada 1095,3 mln bosh yirik shoxli qora mollar, shundan 316,9 ming 
bosh sigirlar, 1089,7 ming bosh qo‘y-echkilar boqiladi. 
Qishloq xo‘jaligi soxasi bo‘yicha Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtkul va Amudaryo 
tumanlari yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Ularning qar biri 
Qoraqalpog‘iston agrar soxa mahsulotining 10 foizidan ko‘prog‘ini beradi. Ayni 
vaqtda Mo‘ynoq va Bo‘zatov tumanlarida makroiqtisodiyotning bu tarmog‘i juda 
sust rivojlangan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi da ijtimoiy sohalar ham rivojlanib 
bormoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi, ovqatlanish tashkilotlari qo‘shilgan 
holda barcha savdo tarmoqlari bo‘yicha 4496,8 mlrd so‘mlik hizmat ko‘rsatgan. 
Aholi jon boshiga 2422,9 mln so‘mlik hizmat to‘g‘ri keladi. 
Respublikada 41 ta shifoxona mavjud bo‘lib ularda 7,3 ming bemor o‘rinlari 
bor, har 10000 aholiga 39,6 ta joy to‘g‘ri keladi. Bitta shifoxona joyiga 253 ta 
aholi to‘g‘ri keladi. 292 ta ambulatoriya-poliklinikalar mavjud bo‘lib ularni 
quvvati 22,0 ming kishini qabul qilish imkoniyatiga ega. Respublikada 4,6 oliy 
ma’lumotli shifokorlar, 18,1 ming o‘rta tibbiy hodimlari ishlaydi. 
Respublikada 708 umumta’lim maktablari, 94 kollej, 9 ta akademik litsey, 6 
ta oliy ta’lim muassasalari mavjud. Umumta’lim maktablarida 326,5 ming 
o‘quvchi, kollejlarda 38,3 ming, akademik litseylarda 4,9 ming o‘quvchi va oliy 
ta’lim muassasalarida 2,3 ming talaba o‘qiydi. 

Download 436.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling