21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari


Download 436.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana28.02.2023
Hajmi436.93 Kb.
#1237923
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21-мавзу.

Aholisi va mehnat resurslari. Xorazm viloyati aholisi 01.01.2018 yilda 
1835,7 ming kishini tashkil qilgan. Viloyatda har 1000 kishiga nisbatan tug‘ilish 
22,0, o‘lganlar 4,5, tabiiy o‘sish esa 17,5 promillga teng. 
Aholi joylashuvida, qo‘shni Qoraqalpog‘istonga o‘xshash, katta hududiy 
tafovutlar yo‘q. O‘rtacha zichlik 1 km.kv ga 303,4 kishini tashkil etgan holda u 
190 kishidan (Yangibozor tumani), 360 kishigacha (Xiva tumani) farq qiladi. 
Shuningdek, Urganch, Xazorasp tumanlarida ham aholi ancha zich joylashgan. 
Viloyatda urbanizatsiya darajasi past – 33,2 foizga yaqin aholi mavjud 3 
shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 57 shaharchada (Gurlan, Ko‘shko‘pir, 
Chalish, Xazorasp, Xonka, Shovot, Yangibozor) yashaydi. Urbanizatsiya 
ko‘rsatkichi Reepublikada faqat Surxondaryo viloyatidan yuqoriroq xolos, 
shaharlar soni bo‘yicha esa u eng oxirgi o‘rinda. Viloyatning ma’muriy markazi 
Urganchda 141,7 ming, «ikkinchi» shahar Xivada 90,7 ming kishi istiqomat 
qiladi. 
Aholi sonining o‘sishida uning tabiiy harakatini roli katta. Tug‘ilish har 
ming kishi hisobiga 2019 yilda viloyat bo‘yicha 23,7, o‘lim 4,5 kishiga, tabiiy 
o‘sish esa 19,2 promillega teng bo‘lgan. Tug‘ilish koeffitsienti Xazorasp, Gurlan 
va Bog‘ot tumanlarida yuqoriroq (26-27 promille), o‘lim ko‘rsatkichlari esa 
Urganch shahrida biroz katta (6,57,0 promille). Bolalar o‘limi viloyat bo‘yicha 
har 1000 tug‘ilgan chakaloqqa 13,0 ga teng bo‘lib, u Urganch shahri va Gurlan 
shaharchasida birmuncha yuqoriroq. 
Viloyatda aholi migratsiyasi Respublika boshqa hududlariga qaraganda 
ancha sust. Masalan, 2018 yilda viloyat shahar joylariga atigi 6308 kishi kelgan 
va bu yerdan 7452 kishi ketgan (migratsiya qoldig‘i minus 1144); 2018 yilda bu 
ko‘rsatkichlar yuqoridagilarga mos holda 6202; 7140 va minus 938 kishini tashkil 


k;ilgan. 
Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda faqat Xorazm viloyati qishloq 
joylarida aholining migratsiya aloqalari ijobiy, xolos. Chunonchi 2018 yilda 
viloyat qishloqlariga hammasi bo‘lib 6308 kishi kelgan, ketganlar 7432 va 
migratsiya qoldig‘i 1124 kishiga teng bo‘lgan. 
Xorazm viloyati demografiyasining yana bir hususiyati shundaki, uning 
aholisi asosan bir millatli hisoblanadi. Masalan, 1989 yildagi aholi ro‘yxati 
ma’lumotlariga qaraganda, viloyat aholisining 95,6 foizini o‘zbeklar tashkil 
etgan. Albatta, yuqorida keltirilgan aholining o‘sishi, joylanishi, tabiiy va 
migratsiya harakti, milliy tarkibi, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida 
e’tiborga olinishi kerak. 
Jami aholini 1013,4 ming kishi mehnatga layoqatli yoshdagilar hisoblanadi; 
iqtisodiy faol aholi 786,0 ming kishi, iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi 711,8 ming 
kishini tashkil qilgan. Aholini o‘rtacha oylik nafaqa miqdori 605,0 ming so‘mni 
tashkil qilgan. 
2018 yil ma’lumotlariga binoan, jami band aholining 8,8 foizi sanoatga, 40,6 
foizi qishloq xo‘jaligiga va 8,4 foizi qurilishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ta’lim, 
madaniyat, fan sohalarida ham mehnat resurslarining kattagina qismi ishlaydi 
(13,5 foiz). Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichlariga qiyoslasak, bu yerda qishloq 
xo‘jaligida aholi bandligining yuqoriroq va sanoatda esa pastligining guvohi 
bo‘lamiz, buning asosiy sababi vohada sanoat ishlab chiqarish yuqori darajada 
rivojlanmaganligidadir.
 
Viloyatda mavjud ishsizlikni bartaraf qilish maqsadida kichik biznesni, 
qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni va xorijiy investrlarni ko‘proq jalb qilib 
sanoat tarmoqlarini rivojlantirish kerak. 

Download 436.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling