“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
Download 2,1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUQUQIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH – TA`LIMDAN BOSHLANADI Nazokat Rasulova Abdurahimovna
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 10 HUQUQIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH – TA`LIMDAN BOSHLANADI Nazokat Rasulova Abdurahimovna, Toshkent shahar Olmazor tumani 261-maktab tarix fani o`qituvchisi Konstitutsiya – niyati adolat, fazilati haqiqat bo`lgan xalq Qomusi O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tug‘ildi, mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani yetkazib berish biz pedagoglar zimmasiga g`oyatda ulkan vazifani yuklaydi. Sababi, asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish mexanizmini o‘zida mujassam etgan. Mustaqil yurtning barkamol yoshlariga mazkur prinsiplarni izchil yetkazib berish, avvalo mamlakatimiz Konstitutsiyasi o`z mohiyat-e`tibori bilan xalq irodasini oliy darajada ifodalovchi, insonning asosiy huquqlari hamda davlat boshqaruvining demokratik tamoyillarini mustahkamlovchi asosiy qonun ekanligini anglatish, tenglik, ijtimoiy adolat g`oyalarini singdirish jarayonida ta`lim tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Asosiy e`tiborga molik jihati shundaki, Konstitutsiya o`zida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligi g`oyasini mujassam etdi, mazkur yangi demokratik konsepsiya zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanimizning poydevorini tashkil qilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek: “Konstitutsiya va uning negizida yaratilgan puxta qonunlar, shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi hokimiyat institutlarini shakllantirishni va ularning to`laqonli faoliyat ko`rsatishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mulkchilikning barcha turlarini, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta`minladi.”[1:108] Zero, O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta`sirchan mexanizmlarini yaratish masalasini ustuvor deb belgilagani ham bizning oldimizga ana shu talablarga javob bera oladigan kadrlar salohiyatini oshirish vazifasini qo`ymoqda. “O`zbekiston Respublikasi Ta`lim to`g`risidagi qonuni” da ta`lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir deb e`tirof etilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar” [2:9] deb ta`kidlangani ham barchaning ta`lim olishi uchun teng huquqlarini kafolatlaydi. Shu bois mamlakatimiz ta`lim tizimida Konstitutsiyani o`rganish va uning nazariy asosini tashkil etuvchi konstitutsiyaviy huquq fanini o`qitish alohida e`tiborga molik. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 9-yanvarda PF-5618-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” mazkur masalani davlat siyosati darajasiga ko`tardi. Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatini, mazmun-mohiyatini xalq, ayniqsa, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuriga singdirish, qonunga nisbatan yuksak hurmatni shakllantirish, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling