“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 11 aholining huquqiy savodxonligini oshirish konstitutsiyaviy huquq fanining asosiy vazifalaridan biridir. Bugungi kunda boshlang`ich ta`lim tizimida Konstitutsiyaga oid ilk tushunchalar xususan, bosh qomus , oila, bilim olish, burchlar kabi mavzular odobnoma va o`qish fanlari yillik rejalari tarkibida hamda tarbiyaviy soat darslarida huquq va burchlarga bag`ishlangan dars mashg`ulotlari tashkil etilib, bu mavzularda kichik yoshdagi o`quvchilarimiz qomusimizga oid boshlang`ich bilimlarni egallaydilar. 5-6-7-sinflardan boshlab esa Vatan tuyg`usi fanlari tarkibida yillik 17 soatga mo`ljallangan darslarda o`quvchilar Konstitutsiyaning mamlakat qonun hujjatlariga ta`siri, voyaga yetmaganlarning mulkiy huquqlari, iste`molchining huquqlari, insonning o`z qilmishi uchun javobgarligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Konstitutsiya va fuqarolarning mas`uliyati kabi mavzular asosida bilim, malaka ko`nikmalariga ega bo`ladilar. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-sinfidan boshlab esa “O`zbekiston davlati va huquqi asoslari” o`qitilib, ushbu fan o`z oldiga jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat tushunchalarini yoritishni, O`zbekiston Respublikasi davlatchiligi asoslarini, respublikamizdagi fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi faoliyatning asosiy yo`nalishlari, huquqning mamlakatimiz hayotida aks etishi, rivojlanish tarixi, hamda mamlakatimiz milliy huquqiy tizimining o`ziga xos jihatlarini o`rganishni maqsad qilib qo`yadi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9-sinfidan boshlab “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” nomli darslik asosida qonunimizga bag`ishlangan eng muhim mavzular xususan, Konstitutsiyaning tuzilishi, xususiyatlari, asosiy prinsiplari bilan birgalikda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, saylov tizimi, moliya va kredit masalalariga to`xtalib o`tiladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 10-11-sinf o`quvchilari esa ularni kelajak hayotga tayyorlash, o`z burch va erkinliklaridan munosib foydalana oladigan, mehnat qilish va ta`lim olish borasidagi huquqlarini anglagan holda mazkur sinflar darsliklaridan inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi, ma`muriy huquq asoslari, fuqarolik huquqi asoslari, mehnat huquqi asoslari, oila huquqi, nikoh tuzish tartibi va shartlari, er-xotinning huquq va majburiyatlari, jinoyat huquqi, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar, moliya huquqi, ekologiya huquqi, protsessual huquq kabi mavzular doirasida batafsil ma`lumotlar berib o`tiladi. Jinoyat hamda konstitutsiyaviy huquqlarning o‘zaro bog‘liqligi shubhasizdir. Jinoyat huquqining konstitutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ko‘p qirrali bo‘lib, u Konstitutsiyada mustahkamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalarini o‘z ichiga oladi. Jinoyat huquqi prinsiplari xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy qadriyatlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi.[3:34] Xulosa o`rnida ayta olamizki, bugungi kunda O`zbekistonni huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyatiga o`tishida bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini tushunib yetish va o`quvchi yoshlarga yetkazish dolzarb vazifalardan biri bo`lib bormoqda. Siyosiy islohotlar avj olgan davrda fuqarolar huquqiy ongini o`stirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlatning jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallashida muhim rol o`ynamoqda. Shunday ekan, biz pedagoglar o`quvchilarga Konstitutsiya, qonunlar, ularning tub mohiyatini qanchalik asosli yetkazib bera olsak, kelajakda rivojlangan davlatlar yoshlari bilan har sohada tenglasha oladigan yetuk kadrlar voyaga yetishiga o`z hissamizni qo`shsak, oldimizga qo`ygan yuksak maqsadimizga erishgan bo`lamiz. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling