“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
10 
HUQUQIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH – TA`LIMDAN 
BOSHLANADI 
 
Nazokat Rasulova Abdurahimovna, 
Toshkent shahar Olmazor tumani 261-maktab tarix fani o`qituvchisi 
Konstitutsiya – niyati adolat,
fazilati haqiqat bo`lgan xalq Qomusi 
 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren 
davlat qaror topgan bo‘lsa, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tug‘ildi, 
mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yildi. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va 
ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani yetkazib berish biz pedagoglar 
zimmasiga g`oyatda ulkan vazifani yuklaydi. Sababi, asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik 
davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi 
boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya 
qilish mexanizmini o‘zida mujassam etgan. 
Mustaqil yurtning barkamol yoshlariga mazkur prinsiplarni izchil yetkazib berish, avvalo 
mamlakatimiz Konstitutsiyasi o`z mohiyat-e`tibori bilan xalq irodasini oliy darajada ifodalovchi
insonning 
asosiy 
huquqlari 
hamda 
davlat 
boshqaruvining 
demokratik 
tamoyillarini 
mustahkamlovchi asosiy qonun ekanligini anglatish, tenglik, ijtimoiy adolat g`oyalarini singdirish 
jarayonida ta`lim tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
Asosiy e`tiborga molik jihati shundaki, Konstitutsiya o`zida inson huquqlari va erkinliklari 
ustuvorligi g`oyasini mujassam etdi, mazkur yangi demokratik konsepsiya zamonaviy 
konstitutsiyaviy huquq fanimizning poydevorini tashkil qilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek: “Konstitutsiya va 
uning negizida yaratilgan puxta qonunlar, shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi hokimiyat institutlarini 
shakllantirishni va ularning to`laqonli faoliyat ko`rsatishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
himoya qilish, mulkchilikning barcha turlarini, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini 
ta`minladi.”[1:108] 
Zero, O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham inson, uning har 
tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning 
sharoitlarini va ta`sirchan mexanizmlarini yaratish masalasini ustuvor deb belgilagani ham bizning 
oldimizga ana shu talablarga javob bera oladigan kadrlar salohiyatini oshirish vazifasini 
qo`ymoqda. 
“O`zbekiston Respublikasi Ta`lim to`g`risidagi qonuni” da ta`lim olish huquqi shaxsning 
asosiy huquqlaridan biridir deb e`tirof etilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 18-moddasida: “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va 
erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar” [2:9] deb ta`kidlangani ham barchaning 
ta`lim olishi uchun teng huquqlarini kafolatlaydi. 
Shu bois mamlakatimiz ta`lim tizimida Konstitutsiyani o`rganish va uning nazariy asosini 
tashkil etuvchi konstitutsiyaviy huquq fanini o`qitish alohida e`tiborga molik. Davlatimiz 
rahbarining 2019-yil 9-yanvarda PF-5618-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” mazkur masalani davlat siyosati darajasiga ko`tardi. 
Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatini, mazmun-mohiyatini xalq, ayniqsa, yosh 
avlodning huquqiy ongi, tafakkuriga singdirish, qonunga nisbatan yuksak hurmatni shakllantirish, 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling