“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
- O’ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA YOSHLAR HUQUQ VA ERKINLIKLARINI KAFOLATLANISHI Jumayev Sarvarbek Soyibjon o’g’li
- Yoshlar huquqlari to’g’risida
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 17 Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunki huquqiy mafkura jamiyatdagi huquqiy ustqarmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi. Huquqiy psixologiya huquqiy mafkurani ta’minlab turuvchi ozuqadir. Chunki u huquq tog’risida alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy ongidan tashkil topgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. T. O’zbekiston 1993-yil 2. Boboyev H.B, Odilqoriyev H. T.Davlat va huquq nazariyasi. T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2000-y 3. Saidov A. Tojinonov U. Huquq nazariyasi. T. “Adolat”. 2001-y. “ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 18 O’ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA YOSHLAR HUQUQ VA ERKINLIKLARINI KAFOLATLANISHI Jumayev Sarvarbek Soyibjon o’g’li, Malikova Dildoraxon Qobilovna O’zMU 1-bosqich magistrlari Har qanday jamiyat o’zining kelajagini birinchi galda tarbiyalanayotgan va voyaga yetayotgan yoshlarda ko’radi, menimcha bu tabiiy, ijtimoiy, diniy, qonuniyat bo’lib, insonning yashashi uchun kurashda, avlod davomiyligini saqlab qolishda zaruriy talab bo’lsa kerak. Bunda faqat jamiyatning o’sha yoshlarga q aratgan e’tiboriga munosabati, ya’ni ta’lim tarbiya, ma’rifat va ma’naviy, siyosiy va ijtimoiy munosabat, qay darajada tashkil qilingan va olib borayotgani e’tibor va ahamiyatga molikdir. Konstitutsiyamizning har bir moddasi inson huquqlari va davlat suvereniteti g’oyalariga qaratilgan bo’lishi, demokratiyaning umume’tirof etilgan tamoyillariga asoslanganligi barchasi birinchi galda kelajak avlod oldidagi jamiyatning manfaatlarini bildiradi. Bugungi kunda yoshlar va siyosat tushunchalari o’zaro mujassamlashib ketgan. Ayniqsa, yoshlar manfaatlarining siyosatda aks etishi tor iqtisodiy darajadan, ya’ni yoshlarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilganligini ifodalovchi ijtimoiy iqtisodiy kategoriyadan global siyosiy muammo darajasiga ko’tarildi. Yoshlar manfaati masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi va uni himoya qilish, yoshlarni kamolotga erishuvi muammolari, uning yechimiga yo’l topa olish borasida bo’layotgan sa’y- harakatlar ana shu siyosat asosini belgilaydi. Mustaqil O’zbekistonning istiqboli, uning kelajakda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatiga aylanishi bugungi kunda amalga oshirilayotgan siyosatning mazmun- mohiyati, xarakteri, mazkur siyosatning amalda hayotga qay darajada tadbiq etilayotganligi ko’p jihatdan yoshlarga bog’liq. Shuning uchun biz yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida 2016-yilning 14-sentabrida O’zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat “ Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi O’RQ-406- son Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun qabul qilinishi bilan 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “ O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida” gi qonun o’z kuchini yo’qotdi. Vaholanki, yangi qabul qilingan qonunda asosiy kategoriyalar kiritilib, ularga tushunarli ta’rif berib o’tilgan. Masalan: qonunning 3-moddasiga muvofiq, yoshlar, ya’ni (yosh fuqarolar) - o’n to’rt yoshga to’lgan o’ttiz yoshdan oshmagan shaxslardir deb ta’rif berilgan.[1:2]. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida yoshlarning huquq va erkinliklarini, majburiyatlarini himoyalash bo’yicha sermazmun takliflar bildirilgan. Bugungi dunyo yoshlari son jihatdan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarni o’z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo’ravonlik g’oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, uning huquq manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni rivojlantirsh lozimdir. Shu munosabat bilan O’zbekiston globallashuv va axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMT ning “Yoshlar huquqlari to’g’risida” gi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif bildirdi. Bu orqali ko’plab davlarlarning ertangi kunini, kelajagini yuksak intellektual yoshlar qo’lida ekanligini tushuntirib berdi. Mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o’z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayoti ustuvor yo’nalishlaridan biri darajasiga ko’tarish bo’yicha qat’iy majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi kerak.[2:2] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling