“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
22
O’ZBEKISTONNING PARLAMENT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH-
DAVLATNING ENG MUHIM VAZIFASI SIFATIDA
Jumayev Sarvarbek Soyibjon o’g’li,
O’zMU magistranti,
Rahimov Odiljon Vohidjon o’g’li,
57-maktab o’qituvchisi
Bugun parlament nazoratini amalga oshirishning aniq mexanizmlarining qonun asosida
mustahkamlab qo‘yilishi qonunlar ijrosini bir xilda ta'minlash, parlament faoliyatining nazorat-
tahlil faoliyati samaradorligini oshirish, parlament nazorati natijalari asosida qabul qilinayotgan
qonun hujjatlari sifatini yanada kuchaytirish, shuningdek, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish
va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllanishida muhim vosita vazifasini o‘taydi.
Mamlakatimizda mustaqillikning o‘tgan yillari mobaynida parlamentning roli, vakolatlari va
nazorat vazifalarini kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchillik bilan bosqichma-bosqich
amalga oshirildi. Bunda ikki palatali parlament tizimiga o‘tilgani va Prezidentning ayrim
vakolatlarini parlamentning yuqori palatasi – Senatga o‘tkazilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekistontda hozirgi kunda parlament nazoratini amalga oshrishning huquqiy asoslarini
yigirmadan ortiq qonunlar tashkil etadi. Jumladan, parlament nazoratini amalga oshirish masalalari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunlarda, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
reglamenti to‘g‘risida”gi, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi va boshqa
qonunlarda o‘z aksini topgan.
Parlament nazorati bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yil dasturlarida ham o‘z
huquqiy asosini topmoqda. “Sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati ustidan Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi nazoratini takomillashtirish” masalasi 2018 yil Dasturida belgilandi.
Parlament nazorati to‘g‘risida xulosa qilganda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish maqsadga
muvofiq:
Do'stlaringiz bilan baham: |