“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
36 
oldiga doimo o‘zining tashkilotchilik, kommunikativ xususiyatlarini yuzaga keltirishini bilishi 
kerak. 
Pedagogik nuqtai nazardan o‘qituvchi – bu eng avval yaxshi, halol, odobli, mehribon, chin 
inson bo‘lishi kerak. Umumiy pedagogika faoliyatining o‘ziga xosligi o‘qituvchi shaxsiga bir qator 
talablar qo‘yganidek, huquqshunos pedagog va professor-o‘qituvchilarga ham shunday talablarni 
qo‘yadi. Bu talablar kasbiy-ahamiyatli shaxsiy sifatlar deb ataladi.
O‘qituvchining pedagogik malakasi tarkibida uning psixologik-pedagogik bilimlari alohida 
ahamiyatga ega. Bu bilimlar mazmuni davlat umumta’lim standartlari bilan belgilanadi. 
Huquqshunos pedagog va professor-o‘qituvchilarning malakalarini quyidagicha bayon etish 
mumkin: 
- huquqiy ta’lim muammolari doirasini ajratib olish
- ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish usullarini asoslash; 
- huquqiy ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatlari mazmuni va turlarini rejalashtirish; 
- huquqiy ta’lim jarayoni, shakli va tuzilishini aniqlash; 
- o‘quvchilar bilan individual ishlashni rejalashtirish; 
- huquqni o‘qitish shakli, metod va vositalarini tanlab olish; 
- o‘quvchilar faolliklarini rag‘batlantirishga qaratilgan uslublar tizimini rejalashtirish. 
Fikrimizcha, huquqiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan tadbirlar ijobiy natijalar berishi bilan 
birga kelgusida yoshlarning huquqiy ongini yanada rivojlantirish uchun rejalar tuzilishi, “Uzluksiz 
ta’lim tizimida huquqiy ta’limning yagona konsepsiyasi” yaratilib, uni amalga oshirishning 
muayyan bosqichlari aniqlangan holda, ushbu bosqichlarda bajariladigan alohida vazifalar 
belgilanishi talab etiladi. Ushbu konsepsiyada uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual 
asoslari va eng muhim istiqbol vazifalari, ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, amalga oshirish 
manbalari hamda o‘quv-tarbiya jarayoni mazmunini yangilab borish mexanizmlari belgilanadi. 
Konsepsiyaning amalga oshirilishi uzluksiz huquqiy ta’lim tizimi faoliyati samaradorligini 
ta’minlash va uni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga ko‘tarish imkonini beradigan uslubiy, 
tashkiliy, axborot, huquqiy va kadrlar ta’minotini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. 
Har bir bosqichda yilma-yil amalga oshirish jarayoni xususiyatini belgilovchi ko‘rsatkichlar 
hamda vazifalarning uzluksiz ta’lim tizimi holatiga ta’sirini o‘rganish rejalashtirilgan. Uni hayotga 
tatbiq etish Davlat ta’lim standartlari, rejalari va o‘quv dasturlarini yangilash, kadrlar salohiyati va 
me’yoriy bazani takomillashtirish, shuningdek, huquqiy ta’lim jarayoniga innovatsion 
texnologiyalarni joriy etishni o‘z ichiga olgan tashkiliy-metodik tadbirlar kompleksi vositasida 
amalga oshiriladi. Boshlang‘ich, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim Davlat 
ta’lim standartlarining uzviyligini, huquqiy ta’limning uzluksizligi ta’minlash choralari belgilanadi.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling