“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
33 
Шарқда ҳуқуқий маданият ва демократик жараёнлар узвий равишда ва аста-секин тараққий 
топади. Бу ерда ҳуқуқий маданият ва демократия тушунчалари ҳамжиҳатлик ғояси, 
жамоатчилик фикрининг устунлиги заминида шаклланади. 
Фойдаланилган адабиётлар
1. И.А.Каримов Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.Ўзбекистон. 1998. 
2. И.А.Каримов Ўзбекистон: миллий истиқлол, иктисод, сиёсати, мафкура. Т.Ўзбекистон. 1993. 


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
34 
HUQUQIY TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHNING AYRIM JIHATLARI 
 
Tuychieva Hamida, 
yu.f.n.,dotsent, O‘zXIA kafedra mudiri 
E-mail: 
x.tuychieva@iiau.uz
 
 
Annotatsiya: Maqolada zamonaviy ta’lim tizimini takomillashtirish sharoitida huquqiy ta’limni 
amalga oshirish ahamiyati, vazifalari va ayrim muammolari haqida fikr yuritiladi. Pedagog xodimlarning 
huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish vazifalariga oid mualliflik yondashuvi bayon etiladi. 
Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy ta’lim, zamonaviy ta’lim, pedagogik 
kompetentlik. 
Huquqiy ta’lim shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob 
beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga yo‘naltiradi. 
Huquqiy ongni shakllantirish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limga bog‘liq. “Jamiyatda huquqiy 
madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka 
erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik 
hayotda qo‘llash, huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini 
yaratish uchun huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni asosiy vazifa qilib 
belgilangan. Shuningdek, ushbu dasturda tarbiyaviy va o‘quv ishlari shaxsning huquqiy ong 
darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va 
normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo‘naltirilishi, huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, 
yoshlikdan boshlab berib borilishi, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor 
qoidalaridan xabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich 
tushunchalar olishi, kelgusida o‘qitish davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, 
aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishiga olib kelishi ta’kidlangan. 
2019 yil 9 yanvarda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmonida aynan yuqoridagi vazifalar yanada aniq qilib ko‘rsatib berildi. 
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini 
yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy 
bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, 
yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni 
shakllantirish maqsadida quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul 
qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish 
tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida «Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling