“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!»
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!» degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim- tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish; yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o‘rgatish; aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish; “ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 35 davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish; ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb- texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish; yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish. Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash har kimga o‘zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarga o‘z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi. Huquqiy ta’limni takomillashtirishga ta’limning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, ta’limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy- texnika negizini kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi. Huquqiy ta’limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat: - davlat huquqiy ta’limning asosiy tashkilotchisi sifatida ta’limning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shug‘ullanayotgan muassasalar tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, huquqiy ta’limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi; - huquqiy ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o‘quv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish; - huquqiy fanlar asoslarini chuqur o‘rgatadigan o‘quv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash; - darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish; - yuridik o‘quv yurtlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash. Huquqiy ta’lim-tarbiya ijtimoiy borliqning o‘ta murakkab shakllaridan biridir. Shuning uchun ham u turli ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanadigan har bir pedagog kabi, huquqshunos – o‘qituvchi ham kimlarni o‘qitayotgan va tarbiyalayotganligini bilishi zarur. U o‘zining kasbiy tayyorgarligiga javob berish bilan birga pedagoglik faoliyatining majburiyatini ham oladi. Huquqshunos – pedagog kasbining mas’uliyati shundaki, bunday o‘qituvchi turli bilimlarni o‘rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo‘libgina qolmasdan, o‘zi tanlagan kasb-hunar yo‘nalishidagi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha huquqshunoslikka doir maxsus fanlarni va ularning poydevori bo‘lgan fundamental fanlarni hamda ta’lim-tarbiya berishning psixologik – pedagogik asoslarini a’lo darajada egallagan bo‘lishi lozim. Bunday kasbiy xususiyatga ega bo‘lgan pedagog, birinchidan, pedagoglik faoliyati uchun o‘zining imkoniyatlarini baholashi, o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishi, kasbiy pedagogik tayyorgarlik davrida qanday kasbiy zaruriy sifatlarni shakllantirish kerakligini, mustaqil pedagogik jarayonda bu kabi sifatlarning qaysilarini shakllantirishi kerakligini bilishi; ikkinchidan, bo‘lajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, qabul qilish, ko‘z oldiga keltirish, e’tibor)ni xulq-atvor madaniyati va, shu jumladan, pedagogik aloqani egallagan bo‘lishi; uchinchidan, pedagogik faoliyat asosi bo‘lgan o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatdagi qonun- qoidalarni bilishi; to‘rtinchidan, pedagog shaxs huquqiy ongini shakllantirish faoliyatining tashkilotchisi bo‘lishi hamda huquqiy bilim, ko‘nikma va malaka shakllanishida ta’lim oluvchilar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling