ammo kecha ertalab ham lanjligi bor edi shekilli; bo’lmasa hech jahonda choydan ham
makkajo’xori hidi keladimi!
Uning a’zoyi badani qaqshab, kamoncha tutgani madori qolmadi. Yana bitta qadaq bilan
bitadigan likopcha chala qoldi. Hamroqul naridan – beri dov-dastgohini yig’ishtirib
jo’nadi. Uning isitmasi kuchli, boshi og’rir edi; tashlagan qadami xohlagan yeriga
tushmasdi. U nimani o’ylasa, bu o’yning oxiri xayolga aylanar edi: issiq-issiq choy ichib,
o’ranib yotgan ko’rpasi havoga ko’tarilib ketdi, dam soldirgani mahalla imomini
chaqirtirsa, eshikdan lapanglab tobut kirib keladi. Hamroqul qo’rqdi, tezroq uyiga yetib
olgani jadalladi.
Ko’chaning narigi yuzidan uni kimdir chaqirdi. Hamroqul chaqirgan kishiga qarayman
deb gandiraklab ketdi.
Chaqirgan kishi tomoshabog’ “Romanska”ning qorovuli Usta kulol edi. Uning asli oti
Stokgulov, Hamroqul, aytishga tili kelishmay, Usta kulol qo’yib olgan.
Yuzini keksalikdan ko’ra ko’rguliklar g’ijimlab tashlagan bu chol bilan u, o’tgan yil
bahorda, gul qo’yadigan vazasini qadaqlab berganida tanishgan edi. Bu vaza uning o’lib
ketgan o’g’lidan yodgor qolgan ekan. O’g’li Lena degan joydagi oltin konida ishlab, bir
vajdan ko’p kishilar qatorida otilgan ekan. Buning sababini hamroqul o’sha vaqtda ham,
undan keyin ham bilolmadi, chunki Usta kulol bu to’g’rida gapirsa, gapdan ko’ra ko’proq
so’kinar, titrar edi. O’g’li o’lgandan keyin chol kampiri bilan bu yoqqa kelgan ekan.
Usta kulol Hamroqulning ahvolini ko’rib, darrov boqqa olib kirdi va qayrag’och ostidagi
cho’yan oyoqli zangor eshakka o’tqazib, suv keltirdi. Hamroqul suvni ichib bir oz o’ziga
kelganday bo’ldi, ammo qayrag’ochdagi chumchuqlarning chig’irlashi negadir ko’nglini
ozdirdi. U quloqlariga barmog’ini tiqib, ko’zini yumdi, bir oz nafasini rostlagandan so’ng,
Do'stlaringiz bilan baham: |