Maqsad naqadar olijanob bo’lmasin, Chexovning tili bilan aytganda, “qurbaqaga shaker
sepib berganing bilan baribir yemaydi”.
Bizda hissiz yozilgan, nuqul aql sotadigan, kitobxonni adabiyotdan bezdiradigan sovuq
kitoblar oz emas. Bu xildagi kitoblar kitobxonga bir nima berish o’rniga o’z avtorining
sharmandasini chiqaradi.: modomiki, yozuvchi voqelikdan ilhom olmagan ekan,
modomiki, voqealarning mohiyatini, odamlarning dilini anglamagan ekan, bu hol uning
hayotga loqayd qaraganini, ichki darddamn mahrum, befarosat va shapko’r ekanini
ko’rsatadi. Yozuvchi kitobni ilhom oti bilan alanga oldirmasa, kitobxonning qalbiga o’t
yoqolmaydi. Kitob kitobxonning qalbida ezgulikka otashin muhabbat, qabohatga omonsiz
nafrat uyg’otmasa, o’quvchini maftun qiladigan fazilatdan mahrum bo’ladi.
Masalan, mana shunday hikoya yozgan yozuvchiga nima ilhom berdi ekan: ongli paxtakor
chol o’g’liga g’ozani sug’orib qo’yishni buyuradi. Ongsiz o’g’il kinoga ketadi, g’o’zani suv
bosadi. Chol o’g’lini o’tqazib qo’yib, agrotexnikadan leksiya o’qiydi. Shu bilan yozuvchi
kitobxonga agrotexnikadan ta’lim beradi.
Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o’lik bo’ladi. Bundoq asarga hech
qanaqa g’oya, muhim mavzu jon kirgizolmaydi.
Bizningcha, rangsiz, nursiz, haroratsiz yozilgan asarlar hayotni chuqur o’rganmasdan,
uning achchiq-chuchugini tatimasdan, o’sha hayot odamlarining qalbiga qalbni payvand
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar
qilmasdan, dardsiz, ehtirossiz, ya’ni ilhomsiz yozilgan asarlardir.
Navoiyning bir hikmatli so’zi bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |