Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


yozuvchining qalbidan qo’shiqday otilib chiqadi, kitobxonning qalbida aks-sado


Download 326.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/58
Sana20.11.2023
Hajmi326.32 Kb.
#1788315
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

yozuvchining qalbidan qo’shiqday otilib chiqadi, kitobxonning qalbida aks-sado 
yangraydi. 
 
Ko’p so’z yolg’onning yuzini pardalash uchun kerak. Qisqa yozish uchun qattiq 
mehnat, erinmay o’qish kerak. 
 
….Siz o’z uslubingizni yarating. Odamlar o’qiganda, avtorning nomisiz ham maqola 
sizniki ekanini bilib oladigan bo’lsin. Uslubni yarating, uni hamisha pok saqlang. O’z-
o’zini hurmat qilmaydigan odamni o’quvchi ham hurmat qilmaydi, o’qimaydi. 
 
 
Yozuvchilik yurakning yarmini emas, hammasini talab qiladi. Ko’zning nurini, belning 
quvvatini to’la oladi. Agar maymun mendek mehnat qilsa, u ham yozuvchi bo’lib ketardi. 
 


 
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar 
 
 
 
Yaxshi gap yetilgan qaziga o’xshaydi, chaynagan sayin mazasi chiqaveradi. 
 
 
Yozuvchilik- vijdon ishi. Yozuvchilikdan non yeyman degan odam xato qiladi.Biron 
kasbni egallab, noningizni butun qiling, keyin yozuvchi bo’ling. Ana unda manfaatga 
berilmaysiz, pul topish uchun yozmaysiz, vijdoningiz “yoz” deganini yozasiz. 
 
 
Agar yozuvchining axloq kodeksi tuzilsa, men halollik bilan shijoatni birinchi o’ringa 
qo’yar edim. 
 
 
Qaysidir bir mamlakatda hayvonot bog’ida keksa fil bor ekan, zanjirband fil yuz yil 
davomida qoziq atrofida aylanibdi. Oqibatda zanjir yeyilib, uzilibdi. Shundan keyin 
ham fil maromini buzmasdan uzilgan zanjirni sudrab qoziq atrofida yana yuz yil 
aylangan ekan. 
 
 
Adabiyot-muqaddas narsa, u-iste’dod mahsuli. Adabiyot orqali kun ko’rmoqchi, boylik 
va shuhrat orttirmoqchi bo’lganlar bu muqaddas dargohga yotdirlar. 

Download 326.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling