kirdingmi, unga jon ato qilishing kerak. Yozuvchilikning eng qiyin joyi ham shunda. Ko’p
yozuvchilarimiz shundan oqsashadi. Kitobda “qahramon” bor, qiladigan ishining tayini
yo’q. Oti boru, o’zi yo’q. Taqdiri yo’q.
Asar qahramoni iloji boricha torroq teshikdan o’tgani ma’qul. Shunda uning kimligi
ko’rinadi. Kitobxonning esida qoladi.
Ba’zi kitoblarning tiliga hayron qolaman. Qahramoni odamga o’xshab gapirmaydi…
Adabiyotga o’g’ri mushukka o’xshab tuynukdan oshib tushadiganlar ham bo’ladi…
Ba’zilar asariga chiroyli detal kiritishga o’ch bo’ladi. O’sha detal chiroyli bo’lsa
bordir. Ammo asarning bosh maqsadiga xizmat qilmaganidan keyibn
tegirmonchining mahsisiga o’xshab qolaveradi. Oyoqni bir qoqsangiz yopishgan un
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar
gardi tushib ketadi-yu, burishgan mahsi ko’rinib qolaveradi. Detal pardoz emas,
husn bo’lib asarni ochishi kerak…
Haqiqiy yozuvchi qanday mashhur bo’lib ketganini o’zi bilmaydi. Uni xalq ko’taradi.
Hayronman, bir xil yozuvchilar bor: men hali o’lganim yo’q, deb pisanda qilish uchun asar
yozib e’lon qiladi. Asar degani dard bilan tug’iladi.
Adabiyotning tosh-tarozisi - o’quvchi, kitobxon. Uni yozuvchi o’zidan bezdirishi kerak
emas.
Toshi og’ir og’ayning bo’lgani bilan adabiyotga iste’dodsiz, mehnatsiz kirib bo’lmaydi.
…Asar qovoqari chaqqanday semiz…
Semiz kitobning yuragi yaxshi tepmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |