Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar
mas’uliyatsizligini “mazmun”, “olijanob maqsad” iboralari ostiga berkitsa, san’atni, eng
muhim tarbiya qurolini beburd qilgan bo’ladi.
Maqsad naqadar olijanob bo’lmasin, Chexovning tili bilan aytganda, “qurbaqaga shaker
sepib berganing bilan baribir yemaydi”.
Bizda hissiz yozilgan, nuqul aql sotadigan, kitobxonni adabiyotdan bezdiradigan sovuq
kitoblar oz emas. Bu xildagi kitoblar kitobxonga bir nima berish o’rniga o’z avtorining
sharmandasini chiqaradi.: modomiki, yozuvchi voqelikdan ilhom olmagan ekan,
modomiki, voqealarning mohiyatini, odamlarning dilini anglamagan ekan, bu hol uning
hayotga loqayd qaraganini, ichki darddamn mahrum, befarosat va shapko’r ekanini
ko’rsatadi. Yozuvchi kitobni ilhom oti bilan alanga oldirmasa, kitobxonning qalbiga o’t
yoqolmaydi. Kitob kitobxonning qalbida ezgulikka otashin muhabbat, qabohatga omonsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |