O’qishlik kitob yozish, uning har sahifasini, har satrini kitobxonga manzur qilish,
kitobxonni quvontirish, uning ko’nglini topish oson emas. Bunday kitobni yozish uchun
yozuvchining mahorati, kitob yozishga havasi, hatto yengib bo’lmaydigan xohishi ham
kifoya qilmaydi, bularning ustiga dard, hayot bergan ilhom, kalla va qalbdan boshqa har
qanday mayda orzu-havasni, har qanday manfaat-g’arazni quvib chiqaradigan yirik-
yuksak g’oya mavj uradigan ilhom kerak. Ilhom bilan mahorat toshgandagina kitob
yozuvchining qalbidan qo’shiqday otilib chiqadi, kitobxonning qalbida aks-sado
yangraydi.
Ko’p so’z yolg’onning yuzini pardalash uchun kerak. Qisqa yozish uchun qattiq
mehnat, erinmay o’qish kerak.
….Siz o’z uslubingizni yarating. Odamlar o’qiganda, avtorning nomisiz ham maqola
sizniki ekanini bilib oladigan bo’lsin. Uslubni yarating, uni hamisha pok saqlang. O’z-
Do'stlaringiz bilan baham: |