"Himoyaga ruhsat etilsin"
G‘arbiy Yevropa davlatlari
Download 65.16 Kb.
|
Yevropa
G‘arbiy Yevropa davlatlari. Yevropaning bu subregioniga qit’adagi eng ulkan iqtisodiy salohiyatga ega uchta davlat – Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya, shuningdek, Avstriya, Shveytsariya, Belgiya, Niderlandiya, Irlandiya hamda "mitti” davlatlar safiga mansub Lixtenshteyn, Lyuksemburg va Монако kabi mamlakatlar kiradi. Alp tog`larida joylashgan Avstriya, Shveytsariya va Lixtenshteyn Alp mamlakatlari guruhini tashkil qiladilar. Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlariga nisbatan esa ular o'rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari juda yuqori darajada ekanligini hisobga olgan holda "Benilyuks" umumiy nomi ishlatiladi.
Subregion mamlakatlarining iqlim sharoiti mo'tadil. Fransiya janu-bida esa iqlimi subtropik. Foydali qazilmalardan Shitnoliy dengiz akvatoriyasidagi neft-gaz (Niderlandiya. Buyuk Britaniya), qo‘ng‘ir va toshko'mir (Gcrmaniya. Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya), temir rudalari (Fransiya, Gennaniya. Lyuksemburg, Belgiya) va kaliy tuzlari (Germaniya) konlari diqqatga sazovor. Alp mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy. G'arbiy Yevropa mamlakatlarida tug'ilish va tabiiy ko'payish ko'rsat-kichlari juda past, Germaniyada esa ko‘p yillardan buyon depopulyatsiya jarayoni ro‘y bermoqda. Lekin tashqi migratsiya baiansi yuqori musbat ko‘rsatkichlarga ega bo'lganligi bois, subregion davlatlarida aholi o'sishi davom etmoqda. G‘arbiy Yevropa qit’a subregionlari ichida aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Urbanizatsiya ko‘rsatkichlari, Lixtenshteyndan tashqari, barcha davlatlarda yuqori bo`lib, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburgda 90 foizdan baland, Monakoda esa 100 foizga teng. Yevropa va butun jahon miqyosida katta ta’sir doirasiga ega London, Parij, Berlin. Gamburg, Bryussel, Amsterdam, Syurix va ular singari boshqa yirik shaharlarning aynan G‘arbiy Yevropada joylashganligi ham bu subregionning muhim o‘ziga xos xususiyatidir.
Download 65.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling